Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari
1.3.4. Asfaltbetonlar va qorishmalar. Asfaltbeton olish uchun rezina bog’lovchilarni mineral kukunlar bilan aralashtirib, unga to’ldiruvchilar qum, maydalangan tosh yoki mayda tosh qo’shilib beton aralashma hosil qilinadi va qotiriladi. Agar to’ldiruvchi sifatida faqat qum ishlatilsa ya’ni katta o’lchamdagi to’ldiruvchilar ishlatilmasa, bunday yo’l bilan hosil qilingan maxsulot asfalt deyiladi. Asfalt qorishma tayyorlash uchun 9-11 % og’irligi bo’yisha bitum qo’shiladi. Asfaltbetonlarda bitumning sarfi odatda 4-9 % ni tashkil etadi. Asfaltbetonlar yo’llar, piyodalar yo’lakchalarini qurilishida, aeroport yo’llari qoplamalarida, gidrotexnik inshoatlarni qiyrixon joylarini gidroizolyatsiyalashda va mustahkamlashda sanoat ishlab
chiqarish korxonalarining sex va omborxona pollarini qoplashda va boshqa maqsadlar uchun ishlatilinadi. Asfaltli qotishmalar ham yuqoridagi keltirilgan maqsadlar uchun ishlatiladi. Faqat uni tayyorlash uchun qovushqoqlikka ega bo’lgan bitumlar ishlatilinadi va uning tarkibi aniq bo’lishiga katta e’tibor berildi. Bu materiallardan faqat issiq holatda joylarni qoplashda ishlatilinadi. Ba’zi bir holatlarda yo’l qoplamalarining uski qavatlarini qoplash yoki tamirlashda bitum erituvchilar (ligroin va boshqalar) dan foydalanib tayyorlangan sovuq tarkibli asfaltbetondan foydalaniladi. Yomg’irli ob-xavoda ishlashi uchun sovuq asfalt betonlar bitum emulsiyalari asosida tayyorlaniladi. So’nggi paytlarda yo’llarni asfalt betonlar bilan qoplash uchun ishlatilinadigan asfalt betonli bog’lovchilar tarkibiga har xil boshqa bog’lovchi moddalar qo’shish orqali ularning fizik-mexanik xarakteristikalarini yaxshilashga erishildi. Shulardan bittasi organik bog’lovchi materiallar sifatida ishlatilinadigan og’ir neft qoldiqlari va suyuq bitumlarni tuzilishini yaxshilaydigan qo’shimchalar sifatida gossipol smolasini oxak aralashmasi qo’shilmoqda. Tuzilishini
yaxshilovchi qo’shimchalarning qo’shilish miqdoriga qarab kompleks organik bog’lovchilarni turli xil qovshqoqlikdagi maxsulotlarini olish mumkin. Masalan,mineral materiallarni yuzasi bilan yaxshi ilashadigan quyidagi markalari mavjud: KOV-70/130, KOV-70/200. Kompleks organik bog’lovchilarni sovuq holda asfaltbeton qorishmalari tayyorlash uchun ishlatilinadi. Hosil qilinadigan aralashmalar bilan IV-V darajali va V darajali iqlimli hududlarni yo’llarini qoplash uchun mo’jallangan. Ishlatilinadigan materiallar ma’lum talablar asosida olinadi. Kompleks organik bog’lovchilarni tayyorlash uchun TU 39-01-07-526-79 talabiga javob beruvchi og’ir neft yoki suyuq bitumlar GOST 955-82 andoza talablariga javob beradigan shartli qovushqoqligi 5 mm li teshigi bo’lgan 6 o C da o’lchangan standart viskozimetrda o’lchanilgandagi qovushqoqligi 5-7 orasida bo’lgan va suv miqdori 1-2 % dan oshmasligi kerak. Agar suvning miqdori 2 % dan katta bo’ladigan bo’lsa, bog’lovchi moddalarni tayyorlashdan oldin u suvsizlantiriladi. Gossipol smolasi (paxta gudroni) OST 18-114-73 talablariga javob berib, KOH dagi kislota soni 80 mg dan kam bo’lmasligi kerak. So’ndirilmagan ohak (changsimon) GOST – 9179-77 talablariga javob berib, I,II navlilari ishlatilinadi. Sovuq holda ishlatilinadigan asfaltbeton qorishmalar uchun ishlatilinadigan maydalangan tosh, qum va mineral kukunlar GOST 10260- 82, GOST 8267-82, GOST 8736-77 va GOST 16557-78 talablariga javob berishi kerak.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling