Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari
6
1.3. Bitum asosida tayyorlanadigan materiallar. 1.3.1. Bitumli mastikalar. Bitumni yuqori disperslikka ega bo’lgan to’ldiruvchilar va maxsus qo’shimchalar qo’shib bitumli mastikalar olinadi. Bu mastika tarkibiga erituvchilar ham kirishi mumkin. Mastika kleydan shu bilan farq qiladi-ki, uning tarkibida juda ham ko’p miqdorda to’ldiruvchi bo’lib, yuqori yopishqoqlikka ega. To’ldiruvchilar mastika tarkibiga chang shaklida (ohak, dolomit, bor, talk, trepel, gips, sement va boshqalar) kiritiladi yoki tola holatida (shlakli paxta, shisha tola oqshoqlari, torf ushoqlari, asbest) aralashtiriladi. To’ldiruvchilar bog’lovchi materiallarni sarfini kamaytirib, mastikani issiqlikka chidamligi va qattiqligini oshiradi. Tolali to’ldiruvchilar esa materialni mustahkamligini oshirib, cho’ziluvchanligi va qayishqoqligini oshiradi. Neft bitumi asosida tayyorlangan mastikalar ishlatilishiga qarab ―issiq‖ yoki ―sovuq‖ holda bo’lishi mumkin. Issiq bitumli mastikalar 160- o C gacha qizdirib, eritilgan holda ishlatiladi. Issiq holda ishlatiladigan mastika tarkibida to’ldiruvchilar quyidagi miqdorda bo’ladi: changsimon 5-30 %, tolasimon 10- 5 %, aralashgan holatda bo’lsa % dan kam emas. Mastikani tayyorlash maxsus qozonlarda doimo aralashtirib turib pishiriladi. Bitum eritmasi 160- 8 o C ga yetganda unga asta sekinlik bilan bo’lak- bo’lak qilib to’ldiruvchi oldindan yaxshilab quritilgan va o C gacha qizdirilgan holda qo’shiladi. So’ngra suyuqlikni bir xil massa hosil bo’lguncha va ko’piklar pasayib o’tirguncha pishiriladi. Issiq holda ishlatiladigan mastikalarning markalari quyidagilar: MBK-G-55, MBK-G-65, MBK-G-75, MBK-G-85, MBK-G- . Suyuq holda ishlatiladigan mastikalar bog’lovchi moddalarni suyultirish orqali (organik erituvchilar) yoki emulgirlangan bitumlar asosida tayyorlanadi. Sovuq holda ishlatiladigan bitumli mastikalar tayyorlash uchun qiyin eruvchan bitum yoki bitum qorishmasini to’ldiruvchilar bilan aralashtirib (to’ldiruvchi sifatida kukunlashtirilgan ohak, asbest ishlatiladi) solyarka moyida yoki kerosinda eritiladi. Sovuq holatda ishlatiladigan mastika tayyorlash uchun bitum yaxshilab eritiladi va suvsizlantirilinadi. Suvsizlantirish bitumni 160- 8 o C gacha qizdirish 7
orqali amalgam oshiriladi. Bitum butunlay erib ketgandan so’ng pishirish qozoniga alohida – alohida qilib ma’lum miqdorlarda oldindan tayyorlab qo’ygan to’ldiruvchi va solyarka moyi quyiladi. Doimo aralashtirib turib bir xil massa hosil qilinadi va ko’pigi o’tirishi kutiladi. Ma’lum vaqt pishirilgandan so’ng sovitiladi va idishlarga quyiladi. Sovuq holda ishlatiladigan mastikalar germetik yopiladigan idishlarda saqlanadi va toshiladi. Emulgirlangan bitum asosida tayyorlangan, sovuq holda ishlatiladigan mastika tayyorlash bitumli emulsiyani yoki pastani mineral to’ldiruvchilar bilan aralashtirish orqali tayyorlanadi. Bunday mastikalar uchun erituvchi vazifasini suv bajaradi. Bunday mastikalarni olish bitum maqteriallarining suvda kolloid eritmalar hosil qilish prinsipiga asoslangan ya’ni, emulsiya hosil bo’ladi. Buning uchun emulgatorlar ishlatiladi. Emulogatorlar sirt faol moddalar bo’lib, bitum suv chegarasidagi sirt tarangligini kamaytiradi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling