Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o
Neft bitumlarining xossalari va ishlatilishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari
1.2.3. Neft bitumlarining xossalari va ishlatilishi. Neft bitumlari bog’lovchi va parda hosil qiluvchi modda sifatida keng ishlatiladi. Ular lak-bo’yoq ishlab chiqarishda yopuvchi material sifatida, suvdan himoyalovchi mastika sifatida, o’ralgan materiallar hamda asfalt eritmalari va betonlar sifatida keng ishlatiladi. Juda yuqori bo’lmagan temperaturagacha qizdirilganida (32- 3 o C ) bitumlar yumshab quyuq oquvchan holatga keladi. Bitumlarda erish nuqtasi mavjud emas. Ular isitish natijasida asta sekin qattiq holatdan suyuq holatga o’tadi. Harorat qancha yuqori bo’lgan sari bitumning qovushqoqligi past bo’ladi. Har xil markadagi bitumlarni bir – biri bilan solishtirish uchun shartli tempertura qabul qilingan. Bu esa yumshash temperaturasi deb ataladi. Bitumning isitilganda yumshashi va sovitilganda qattiq bo’lib qolishi, uni qaysi sifatda va qayerda ishlatilishini bilish imkonini beradi.
5
Bitumning yana o’ziga xos xususiyati uning organik erituvchilarda erishi. Bitumni ishlatish jarayonida uning shu xususiyatiga etibor berish zarur. Bitum suvda erimaydi va suvni o’ziga yuqtirmaydigan xossalarga ham ega. Biroq emulgatordan foydalanib va bunga xos texnologiyalar orqali bitumning suvdagi kolloid eritmasini hosil qilish mumkin (bitumli emulsiya). Bitum metall, g’isht, beton, yog’ochlarga nisbatan yuqori adgeziyani namoyon qiladi. Shu sababli undan yopishqoq mastikalar tayyorlanishda foydalaniladi. Bitum asosida tayyorlangan materiallar suvga nisbatan yuqori chidamli bo’lganligi uchun imoratlarni suvli va suvdan teppa qismlarini suvdan himoyalovchi hamda daryo va dengiz kemalarini suv osti qismlarini bo’yash maqsadida ishlatiladi. Bitumlar havo ta’sirida oksidlanishga moyil bo’lganligi va quyosh nurlarini ta’siri natijasida ular tez eskirib qoladi. Eskirgan bitumlar mo’rt bo’lib qoladi va uqalanib ketadi. Issiqlikka chidamligi tez tushib ketadi va yumshalishi 40 – 5 o C
mumkin: 1) Termodistillatsiya; 2) Termooksidlanish orqali eskirish. Termodistillanish bitum tarkibidagi oson uchuvchan moddalarni uchib ketishi natijasida bitumlar og’ir komponentlarini yig’ilib qolishiga sabab bo’ladi. Buning oqibatida bitumni yumshash temperaturasi ko’tariladi va u mo’rtlashib qoladi. Termooksidlanish orqali eskirish bitum komponentlarining havo kislorodi bilan issiqlik va ultrbinafsha nurlar ta’siri ostida reaksiyaga kirishish jarayonidir. Bu reaksiyani sodir bo’lishi uchun katta maydondagi bitumning havo bilan kontaktda bo’lishi sabab bo’ladi. Oksidlanish vaqtida bitum tarkibidagi moylar smola hosil qiladi. U o’z navbatida asfalten, karben va karboidlarga o’tadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling