Tadqiqot maqsadi. Yog’ – moy sanoati chiqindisi asosida bitum olish
sharoitlarini o’rganish va texnologik asoslarini yaratish.
Tadqiqot vazifalari. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar
belgilanadi:
yog’-moy sanoati chiqindisi – gossipol smolasi va kalsiy oksiddan yo’llarni
asfalt bilan qoplash va qurilishda ishlatiladigan bitum olish mumkunligini nazariy
va amaliy jihatdan isbotlash;
gossipol smolasini kalsiy oksidi bilan modifikatsiya qilish natijasida hosil
bo’luvchi bitum maxsulotini fizik – kimyoviy va texnikaviy ko’rsatgichlarini
aniqlash;
bitum sintez qilish sharoitlarini ya’ni temperaturasini, modifikatsiyalovchi
mineral konsentratsiyasini, maxsulot hosil bo’lish vaqtini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |