Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ektlari yog’-moy sanoati
chiqindisi - gossipol smolasi va uni modifikatsiyalash uchun ishlatiladigan
so’ndirilmagan ohak – kalsiy oksidi. Tadqiqot predmeti gossipol smolasi va
so’ndirilmagan ohak asosida raqobatbardosh materiallar olish texnologiyasini
yaratish.
Amaliy ahamiyati. Gossipol smolasini so’ndirilmagan ohak bilan termik
ishlov berib bitum olish texnologiyasi yaratildi. Olingan bitum maxsulotini
chiqindi asosida yaratilishi, hududning ekologik muhitini muhofaza qilishda
yordam beradi. Ishlab chiqarishni texnik, iqtisodiy ko’rsatgichlarini va
samaradorligini oshiradi. Buning natijasida maxsulotning tannarhi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |