2.2. Gossipol smolasi va uning fizik-kimyoviy ko’rsatgichlari.
Gossipol C
3
H
3
O
8
(Brutto formulasi) sariq rangli zaharli, qattiq kristall
modda. Go’za (Gossypium) ning asosiy maxsulotlaridan biridir. U g’o’zaning
hamma organlarida bo’lib, uning miqdori chigitning mag’zida % gacha, ildiz
po’stlog’ida % gacha, qolgan boshqa qismlarida esa kam bo’ladi. Gossipol va
uning analoglari gossipurpurin, gossiverdurin, gossifulvin chigit yadrosidagi
maxsus bezchalarda joylashgan bo’lib, ular devori nihoyatda mustahkam va
ko’pchilik organik erituvchilar ta’siriga chidamli. Lekin past molekulyar spirtlar va
suvda gossipol bezchalari tezda yemiriladi. G’o’zaning har xil tur va navlarida
gossipol miqdori turlicha. Ingichka tolali g’o’za navlari tarkibida gossipol ko’p
miqdorda (1,47 - ,6 %) bo’ladi.
Chorva mollari, ayniqsa qoramolga chigit
kunjarasi va shroti me’yordan ortiq berilganda mollar ozuqa tarkibidagi
gossipoldan zaharlanishi mumkin. Gossipol yog’ - sanoati chiqindilaridan olinadi.
Gossipol antranalitlari, gossipol smolasi va ularning mahsulotlari inson uchun
7
foydali moddalar hisoblanadi. Ular xalq xo’jaligining turli sohalarida: tibbiyot,
kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, metall quyish sanoati va boshqalarda ishlatiladi.
Gossipol virusga faol ta’sir qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda gossipoldan virusga
qarshi ishlatiladigan interferon induktori preparatlari va boshqa moddalar ajratib
olingan[3].
Gossipol yoki 2,2-di-1,6,7-trioksi-metil-5-izopropil-8-aldegidnaftil.
Do'stlaringiz bilan baham: |