Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#217924
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari

 

1.3.2. Pastalar. 

Pastalar  juda  ham  yuqori  konsentratsiyalangan  emulsiyalardir.  Ularni  ham 

qattiq  emulgatorlardan  foydalanib  olinadi.  Pastalarni  suv  bilan  kerakli 

qovushqoqlikkacha  suyiltirish  mumkin.  Emulsiya  va  pastalar  o’rovchi, 

gidroizolyatsiyalovchi joylarni materiallardan oldin tekislashda foydalaniladi.  

1.3.3.O’ralgan yopqich materiallar. 

O’ralgan  yopqich  materiallar  yopuvchi  karton  qog’oz,  asbest  qog’oz,  shisha 

mato,  metall  folga  asosida  hamda  asossiz  ishlab  chiqariladi.  Asosiy  materiallar 

bitum  yoki  bitum  aralashmalarini  astar  bo’lgan  materiallarga  shimdirish  orqali 

tayyorlanadi.  Astarsiz  yopqich  materiallarni  ma’lum  qalinlikda  valiklar  orqali 

prokatlanadi.  Prokat  materiallari  sifatida  bitum  yoki  uning  aralashmalarining 

organik  erituvchida  hosil  qilingan  har  xil  to’ldiruvchilar  bilan  to’ldirilgan  va 

qo’shimcha  antiseptik  yoki  plastefikatorlar  qo’shilgan  massa  qo’shiladi.  Birinchi 

martda bitum asosida o’ralgan yopuvchi materiallar ishlab chiqarish 1906 – yilda 

Angliyada  ―Ruberoid  Building  Products  Ltd‖  zavodida  ishlab  chiqarilgan.  Shu 

zavod nomidan bitum shimdirilgan qora qog’oz ruberoid deb ataladi.  



 

 8 


Ruberoid  yopuvchi  karton  qog’ozni  oson  eruvchan  neft  bitumi  bilan 

shimdiriladi,  so’ngra  bir  yoki  ikki  tomonini  qiyin  eruvchan  neft  bitumi  bilan 

yopiladi. Ruberoidni sifatini oshirish maqsadida uni ustiga yotqizilgan maxsulotlar 

tarkibiga  har  xil  to’ldiruvchilar  va  qo’shimchalar  qo’shiladi.  Bundan  tashqari  bu 

tarkibga  polimer  antiseptiklar  ham  qo’shiladi.  Ruberoidni  oldi  tomonini  mayda 

donador, katta donador yoki tangachasimon yoyiluvchan materiallar sepiladi. Orqa 

tomoni  esa  mayda  donali  yoki  changsimon  sochiluvchan  moddalar    sepiladi.  Shu 

tariqa tayyorlangan ruberoidlarning bir qavati ikkinchi qavatiga yopishib qolmaydi. 

Yopishish uchun ishlatiladigan karton chirish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli 

unga antiseptiklar qo’shiladi. Hozirgi vaqtda RKK – 500V, RKK – 400A, RKK – 

400B,  RKM  –  400B,  RPM  –  300A  va  boshqa  markadagi  ruberoid  ishlab 

chiqariladi. 

Pergamin yopishish uchun ishlatiladigan kartonni yumshash temperaturasi   

   


o

C  gacha bo’lgan neft bitumlari bilan shimdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Suv 

va  bug’lardan  izolyatsiyalash  uchun  ishlatiladi  hamda  ruberoidning  tag  qatlami 

sifatida ishlatiladi.  

Tom yopuvchi to’r yopishtirish uchun ishlatiladigan kartonni toshko’mir yoki 

slanes  qoldiqlaridan  hosil  bo’lgan  yog’larni  shimdirib  olinadi.  Shimdirilgan 

qog’ozning  ikkala  tomoniga  quritilgan  shilqum  yoki  mineral  kukunlar  sepib 

chiqiladi. To’rqog’oz ko’p qatlamli yopuvchi materiallar ustidan qoplanish uchun 

hamda suv va bug’dan izolyatsiyalash uchun ishlatilinadi. 

Gidroizol bu suvdan himoyalovchi o’rama material bo’lib, asbest qog’ozlarni 

neftni  oksidlangan  bitumlarini  shimdirish  orqali  tayyorlanadi.  Gidroizollar  yer 

ostida ishlovchi qurilmalar va imoratlarni himoyalash uchun ishlatiladi. 

Shisha  ruberoid  bitumli  bog’lovchi  materiallarni  shisha  tolali  materiallarga 

ikki tomonlama  surtish orqali  tayyorlanadi. Ular  ham  yopuvchi  gilam  ostiga  yoki 

ustiga qoplanib himoyalovchi vazifani bajaradi. Shisha ruberoidlar S-RK, S-RCH, 

S-RM markada ishlab chiqariladi. 

Metalloizol  0,05-0,2  mm  qalinlikdagi  alyumin  polgalarni  ikkala  tomonidan 

bitum  yoki  bitumni  har  xil  markalari  aralashmasini  qoplash  orqali  olinadi.  Uni 




 

 9 


ikkala tomonidan qoplash uchun rezina bilan modefitsirlangan bitumli bog’lovchi 

 5  %  gacha  asbest  tolali  to’ldiruvchi  bilan  aralashtirilgan  bitum  massalari 

ishlatiladi.  Metalloizol  uzilishga  chidamli  va  uzoq  muddat  ishlaydi.  Gidrotexnik 

inshoatlarni  va  yer  ostida  ishlaydigan  uskunalarni  nam  va  har  xil  kislota, ishqorli 

suvlardan himoyalash uchun ishlatiladi. 

Folgoizol  metalloizolning  bir  turi  bo’lib,  ikki  qavatli  o’ralgan  material.  Har 

bir  qavati  g’adir-budir  qilingan  yoki  silliqlangan  folga.  Bir  tomonidan 

mukammallashtirilgan  rezinali  bitum  bog’lovchi  bilan  surtilgan.  Atmosferaga 

bardosh  beruvchi  lak  yoki  bo’yoq  bilan  bo’yalgan  bo’lishi  mumkin.  Turar  va 

jamoat binolarining tekis qilib qo’yilgan tomonlarini gidroizolyatsiya qilish uchun, 

tomlarga o’rnatilgan shifer choklarini berkitish uchun va tomyopqich gilam sifatida 

ishlatiladi. 

Izol  astarsiz  o’ralgan  material  bo’lib,  u  ham  gidroizolyatsiya  maqsadida 

foydalaniladi.  U  GOST  –  10296-9   bo’yicha  mineral  to’ldiruvchilar, 

plastifikatorlar,  antiseptiklar  qo’shilib  rezina  bitum  aralashgan  bog’lovchi 

moddalardan  tayyorlanadi.    Izol  ishlab  chiqarishda  to’ldiruvchi  sifatida 

maydalangan  mineral  moddalar  masalan, talk, ohak, g’ovaklashtirilgan  tuproq va 

boshqalar  ishlatilinadi.  Izol  ishlab  chiqarishda  rezina  bitumli  bog’lovchilar 

ishlatilgan rezinani maydalab devulkanillantiriladi va ko’p miqdordagi bitum bilan 

aralashtirilinadi.  Bu aralashma 180-    

o

C haroratida isitilib, so’ng to’ldiruvchilar 



solinadi.  Hosil  bo’lgan  rezina  bitumli  massani  kolondir  valiklarida 

plassifikatsiyalashtirib  polotno  shaklida  chiqarilib  g’altaklarga  o’raladi.  Izolning 

eng asosiy xususiyatlari ularning cho’ziluvchanligi bo’lib 6  % gacha cho’zilishi 

mumkin.  Bu  xususiyat  - 5 

o

C  gacha  saqlanadi.  Izl  chirimaydi.  Izol  qiyrixon  va 



tekis  tomlarni    yopish  uchun  va  par  hosil  qiluvchi  uskunalarni  izolyatsiyalash 

uchun ishlatiladi. 

Brizol. Bu ham astarsiz o’rama material bo’lib, valsofka usulida prokatlanib 

hosil qilingan massani kolandirlash yo’li bilan olinadi. Brizol avtomobil shinalarini 

va rezinalarni maydalab ularga plastifikator va to’ldiruvchilar qo’shilib bitum bilan 

aralashtirib  tayyorlanadi.  Boshqa  gidroizolyatsiyalovchi  materiallarga  qaraganda, 




 

   


toza  bitumdan  olingan  brizol  chirishga  juda  mustahkam,  suvga  chidamli,  suv 

o’tkazmaydigan, havo ta’siriga chidamli, sovuqbardosh va elastikdir. Brizol va izol 

astarga  ega  emas.  U  vazifani  bitum  rezina  bog’lovchilar  ichiga  qo’shiladigan 

asbest tolalari bajaradi. 




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling