Integral sxema
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin
Download 19.18 Kb.
|
Elektron hisoblash mashinalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy plata
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron oʻyinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi „Apple Computer“ firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ularning tashqi koʻrinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (yaʼni apparatli taʼminoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda oʻxshashlik borligini koʻramiz. Har qanday kompyuterning apparatli taʼminoti asosiy va qoʻshimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini taʼminlasa, qoʻshimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qoʻshimcha imkoniyatlar beradi. Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoʻshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol boʻladi. Sistema bloki, asosan, gʻilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat. Asosiy plata yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi: berilganlar (berilgan maʼlumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi. Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga boʻlinadi. Ketma-ket port protsesordan maʼlumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda koʻp asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor. Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat oʻqish uchun xotira) mikrosxema koʻrinishida tashkil etilgan boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan holda maʼlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling