Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi. Mashg'ulotdan maqsad
Download 1.51 Mb.
|
8-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning vazifalari
- Tayanch tushunchalar
- Umumiy ma’lumot;
7-AMALIY MASHGʻULOT. BOSHLANGʻICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI. Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarda boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi haqida ma'lumot berish va tasavvurlarini rivojlantirish. Mavzuning vazifalari: 1.Integratsion ta’limni o’z faningiz doirasida qanday amalga oshirish mumkinligi haqida fikringizni bildiring. 2.Boshlang’ich ta’lim tizimidagi o’quv predmetlarining integratsiyasini tahlil qiling. 3.O’zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda maxsus ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qiling. Tayanch tushunchalar: Integratsiya, o’qitish, o’qitish jarayoni, Integratsion ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni, olam bilan o’zaro aloqalari. Mashg’ulot rejasi: Integratsiyalashtirishning mohiyati. Ta’lim mazmunini integratsiyalash. Ta’limni integratsiyalash jarayonlari va yo’nalishlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish Umumiy ma’lumot; Integratsion kursning maqsadidan yana biri – o’zi ishlayotgan olam haqida narsa va xodisalar orasidagi bog’liqlik, o’zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli tumanligi xususida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va ijtimoiy dunyosi, olamda xukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg’u faqat ma’lum bilimlarni egallashga emas, balki tasviriy fikrlarni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko’rinishi tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o’zini o’rganuvchi, tekshiruvchi o’rniga qo’yadi. Integratsion ta’limning tuzilishi qanday? Integratsion ta’limning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo’lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o’z rivojini topadi. SHunday qilib, kurs asosiga qo’yilgan g’oyalar (fikrlar)ning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yo’l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan sinfga), bunda bir mavzu bolaning o’sishiga qarab, murakkablashib boradi, integrativlik insonning olam bilan o’zaro aloqalarida aks ettiruvchi mavzulariga kiritilgan: bola idrokida no’malum bo’lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar,er kurrasi, katta bo’shliqlar va vaqt qadri) yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o’simliklar dunyosi, ona-vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati). Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, tsivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari, insonning ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari). SHu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlari, tillarning o’ziga xos xususiyatlarini ochish integrativ ta’limning asosiy mantig’idir. Integrativ ta’lim oddiylikdan murakkablikka, bilishdan ilmga, tartibsizlikdan uyg’unlikka, chaqqonlikdan mohirlikka va ijodga bo’lgan harakatni taklif qiladi. O’quvchi dunyo yaralishining “g’ishtchalari” bilan tanishadi, olamning boshlanishiga, insonning yerda paydo bo’lishiga murojaat qiladi. So’zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar jumboqlarni ochish yuzasidan fikrlaydi, o’quvchi makon va zamon bo’ylab sayohatga otlanadi. SHunday qilib, bola har kuni ochish kerak bo’lgan olamning go’zalligi va turli-tumanligini his qiladi. “Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g’oyalar o’quvchi tushunishi uchun qulay, tasvirli mavzularda o’z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim integratsion ta’limning o’ziga xos xususiyatidir.” Maktabda yil va chorak mundarijasiga turli ertak qahramonlarining kiritilshi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ular mavzudan mavzuga yetaklab, yangi narsalarni bilib olishga yordam beradi. CHet ellik olimlar integratsion ta’limning kurslarini tashkil etish zarurligi haqida fikr bildirishmoqda. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o’z ichiga olgan, 10-12 yoshlik bolalarga mo’ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. SHunday qilib, o’qish, yozish va og’zaki nutq “Til san’ati”ga, tarix, geografiya, fuqaroshunoslik, jamiyatshunoslikka, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, tabiatshunoslik va shu kabilarga birlashtirildi. Integratsiyaning bunday usulidan to’liqsiz va to’liq o’rta maktablarda qo’llaniladi. AQSHdagi o’rta maktablarning yuqori sinflarda fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik va shu kabilarning o’z ichiga oluvchi “Erni o’rganish” fani kiritilgan. CHexiya, Slovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan “fuqaro tarbiyasi” deb nomlangan kurs yuqori sinflarda kiritilgan. SHunday qilib, bir qator mamlakatlar tajribalari ko’rsatishicha integratsiyalangan kurslar qulay shakl bo’lib qoldi. Maktabda o’qitiladigan fanlarni bir butun tizimli ravishda o’qitish imkoniyati tug’ilganga o’xshaydi. Lekin shunday savol tug’iladi: bu kursni qanday o’qituvchi o’qitishi mumkin? Bunday kurslar yaratilishining o’zi yuqori malakali jamoani talab qiladi. Zero, uni o’qitish uchun yuqori malakagina emas, balki o’ta bilimdonlik kerak. Bunday o’qituvchini kim tayyorlab beradi? Kim shunday murakkab ko’p predmetli o’quv kursini olib boruvchi o’qituvchini moddiy va ma’naviy jihatdan qiziqtira oladi? Bu savollar hal qilinmas ekan, integratsiyaning bu usuli ko’zda tutilgan natijalarni bermaydi. Dars ijodiy, erkin bo’lishi bilan birga yahlit, mantiqan ketma-ket, o’ziga xos metodikaga ega bo’ladi. Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o’qituvchi (ta’lim berish) va o’quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o’qituvchi va o’quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor. Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi. O’quvchilar o’qituvchi boshchiligida predmetlararo bog’liqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlarda kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o’z e’tibor fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o’zlashtirishga emas, balki, ko’chirish, tahlil qilish, shaxsning belgilari va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak. Ta’limga integratsion tizimni kiritish yaxlit dunyoqarashga, o’zidagi bor bilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashish qobiliyatiga ega bo’lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalashda nisbatan ko’proq yordam beradi. Ta’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog’liq “Integratsiya” tushunchasi ikkita ma’noga ega: 1) O’quvchida atrofdagi olam to’g’risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko’riladi). 2) Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya – ta’lim vositasi). Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling