Interfaol metodlar tushunchasi


Mashg`ulotlarimizdan birida qatnashuvchilarni quyidagi yo`l bilan


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Mashg`ulotlarimizdan birida qatnashuvchilarni quyidagi yo`l bilan 
guruhlarga ajratdik. Bu usul ham mozaika deb nomlanadi. Faqat rasmlar 
emas balki harflarni (bo`g`inni) birlashtirib fanga doir so`z (tushuncha, atama) 
tuzib birlashishlari kerak. Fizika faniga oid (Atom bo`limi. 9 sinf) quyidagi so`zlar 
qismlarga ajratildi.
1. Atom
2. Yadro
3. Proton
4. Elektron
5. Neytron
6. Rezerford
7. Tomson
T
A
O
M
Ya
D
R
O
P
R
O

O
N
E
L
E
T
R
O
N
K
E
Y
T
R
O
N
N
R
E
Z
E
F
R
R
O
D
T
O
M
S
O
N


38 
Kartochkalar aralashtirilib teskari qo`yildi.Qatnashuvchilar kartochkalarni olib 
bir-birlarini topib 1 guruh bo`lib o`tirdilar. Ularga 3 daqiqa vaqt berildi 
taqdimotni qanday o`tkazishni maslahat qilish uchun. 
Sonlar ketma-ketligi usuli. 
Guruhga ajratishning yana bir yo`li bu tug`ilgan kun bilan saflanishga taklif
etishdir. Tug`ilgan oy e`tiborga olinmaydi. 
Trener (o`qituvchi) sanaydi (1-31 gacha). 
Bir xil sanada tug`ilganlar ketma - ket turadilar. qatnashuvchilar soniga
qarab, guruhda qatnashuvchilarni sonini nechta qilishni mo`ljallaganingizga ko`ra 
qatnashuvchilarga faniga qarab termin atama aytish taklif etiladi. Yuqorida 
yozilgandek guruh hosil qilinadi. 
O’quvchilarni guruhlarga ajratishning
“Natural son” usuli. 
Bu usulda o’quvchilar fizika xonasiga kiraverishlarida savollar yozilgan 
kartochkalar tarqatiladi. Sinf xonasidagi 7 ta partasida sonlar yozilgan kattaroq 
kartochkalar bo’ladi O’quvchilar savollarga javob topishda sonlardan birini 
tanlashlari zarur bo’ladi. 
1. Yetti o’lchab ........kes. (bir) 
2. ........yigitga yetmish hunar oz. (bir) 
3. Vodorodning yadrosida ......ta proton mavjud. Proton musbat zaryadlangan 
zarracha.. (bir) 
4. O’zbekiston o’z mustaqilligini nishonlaydigan sana ....inchi sentyabr. (bir) 
5. Suvning zichligi ......g/sm
3
. ga teng. (bir) 
6. 100 g ...... nyutonga teng.. (bir) 
7. Har qanday kondensator izolyator(dialektrik) bilan ajratilgan........ 
o’tkazgichdan iborat.(ikki 
8. ........tomoni sferik sirt bilan chegaralangan jismga linza deyiladi? (ikki) 
9. Buyumning tasvirini hosil qilish uchun nechta nurdan foydalanamiz? (ikki) 
10. Magnitning ........qutbi bo’ladi, shimoliy va janubiy. (ikki) 
11. Kislorod molekulasi ..........atomdan iborat? (ikki) 
12. Yer sharining magnit maydon qutblari nechta? (ikki) 
13. Yer nechanchi sayyora? (uchinchi) 
14. Sanoq soni nomiga “......moq” qo’shimchasi qo’shilsa “parvoz qilmoq”
ma’nosini beruvchi so’z kelib chiqadi.(uchmoq) 
15. Moddiy nuqtaning koordinatalari x,y,z ga teng bo’lgan. Moddiy nuqta 
necha o’lchamli fazoda o’rganilmoqda.(uch o’lchamli) 
16. Suv molekulasi .........ta atomdan iborat. (uch) 
17. Nyutonning nechanchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi? 
“Jismlar o’zaro bir-biriga teng ,lekin qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar bilan 
ta’sirlashadilar.”(uchinchi) 
18. “Tok” so’zida .........ta harf bor.(uch) 


39 
19. Sanoq soni bilan boshlanadigan Qoraqalpoqistondagi shahar nomi. 
(To’rtko’l) 
20 . Yerning ........ta geografik qutbi bor.(4) 
21. Ikkining kvadrati......(4) 
22. To’rtburchakning ........ta tomoni bor.(4) 
23. He(geliy) elementining atom massasi ......,0026 ga teng.(4) 
24. Be(Berilliy)ning atom nomeri ........ga teng.(4) 
25. Sanoq soni bilan boshlanadigan qozoqlarning yaxshi ko’rgan 
taomi.(beshbarmoq) 
26. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari ......ta dostondan tashkil topgan.(5) 
27. Sanoq soniga “...ik” qo’shimchasi qo’shilganda chaqaloqning belanchagi 
nomi kelib chiqadi.(5) 
28. Abu Bakr Ar- Roziy 86.... – 92... yillarda yashab ijod qilgan.(nuqtalar 
o’rniga 5 soni qo’yiladi.) 
29. Kislorodning atom massasi ..., 9994 ga teng.( 5) 
30. B (Bor) kimyoviy elementining atom nomeri .....ga teng.(5) 
Oylar ketma-ketligi usuli. 
Guruhga ajratishning yo`llaridan biri tug`ilgan oy bilan saflanishdir. Bunda
tug`ilgan kun e`tiborga olinmaydi. Trener (o`qituvchi) tug`ilgan oylarni aytadi. 
1. Yanvar 7. Iyul 
2. Fevral 8. Avgust 
3. Mart 9. Sentyabr 
4. Aprel 10. Oktyabr 
5. May 11. Noyabr 
6. Iyun 12. Dekabr 
Bir xil oyda tug`ilganlar ketma - ket turadilar. qatnashuvchilar soni va 
guruhni nechta kishidan qilishni mo`ljallaganingizga qarab fanga mos terminli 
atama aytish taklif etiladi. Jarayon yuqorida yozilganday davom etadi. 
Fasllar ketma-ketligi usuli. 
Guruh qilishning yo`llaridan biri qaysi faslda tug`ilganiga qarab - saflanishni 
taklif etishdir. O’qituvchi (trener) fasllarni ketma- ket qish, bahor, yoz, kuz deb 
ataydi. Qatnashuvchilar qishda tugilgan bo`lsalar birinchi bo`lib chiqadilar va 
ketma - ket turadilar. Agar bahorda tug`ilgan bo`lsalar ikkinchi bo`lib chiqadilar va 
hokazo jarayon davom etadi. 
Keyingi qadamda fanga qarab, sinfga qarab, o`tilgan mavzularga mos 
termin atama aytish taklif etiladi. Keyingi qadamda nomlariga qarab 1 guruhga 
birlashadilar. Taqdimotni tayyorlash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. 


40 
Spektrlar usuli. 
Guruhlar hosil qilish uchun kartochkalar tayyorlandi. 5 tadan kartochkalarga 
umumiy soni 35 ta 7 xil spektr yozib chiqildi. 
1. Binafsha 2. Ko`k 3. Havo rang 4. Yashil 
5. Sariq 6. To`qsariq 7. Qizil 
35 ta kartochkadan 5 ta kartochkaga binafsha, 5 tasiga ko`k, 5 tasiga havo 
rang, 5 tasiga yashil, 5 tasiga sariq, 5 tasiga to`qsariq, 5 tasiga qizil yozilgan. Bu 
kartochkalar aralashtiriladi va teskari holatda qo`yiladi. Qo`ng`iroq chalinishi bilan 
qatnashuvchilarga 1 tadan kartochkalardan olish taklif etiladi. Bir xil nom atrofida 
birlashish taklif etiladi. qatnashuvchilar binafshadan qizilgacha nomli guruhga 
birlashib o`tiradilar. Taqdimot o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish uchun 3 daqiqa 
vaqt beriladi. Bunday guruhga bo`linishni "Yorug`lik dispersiyasi" mavzusini 
o`tishda qo`llash mumkin.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling