Interfaol metodlar tushunchasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
 
 


53 
44.“Do’stingni top” o’yini. 
Butun sinf o’quvchilariga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda fizik 
kattaliklarning belgilari yozilgan. Bolalarning vazifasi 3 minut davomida
o’ziga berilgan fizik belgi bilan formula tuzish mumkin bo’gan belgili
o’quvchini ya’ni qo’shnisini topish. Topgandan so’ng 3 ta belgini to’g’ri
joylashtirib qaysi fizik kattalikning belgisi paydo bo’lganini aytib berish. U
haqida biladigan barcha ma’lumotlarni aytish. O’yin tugagandan so’ng
o’quvchilarni rag’batlantirish va ularning o’yinga munosabatlarini so’rab
olish.
45."Atom molekula” o’yini. 
Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. Bolalarga “atom” deb 
xitob qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta 
o’quvchi birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, vodorod
molekulasi xitob qilinsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil 
qiladilar . Agar kislorod molekulasi deyilsa u holda 2 ta bola birlashib 
kislorod molekulasini hosil qiladi. O’yin davomida bironta o’quvchi 
birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini ko’rsatish talab etiladi. 
46. “Sen bo’shsan” o’yini. 
O’yinda 3 ta bola qatnashadi. Boshqaruvchi tomonidan ketma-ket bolaning 
ismini aytgan holda savollar beriladi. Ular javob beradilar. Mabodo javob 
bermasa qolgan o’tirgan o’quvchilardan so’raladi. Har bir bolaga 5 ta dan savol
berilgandan so’ng ular o’yindan chiqarish uchun 1 kishining ismini yozadilar. 
Agar birtadan to’g’ri kelsa, o’sha o’yin davomida g’olib o’quvchi kimni 
chiqarish uchun ism aytadi. Keyin bola o’yindan cyiqadi. Chiqish davomida
nimani bilmadi va bilib olganligi haqida so’zlab beradi.
47."Loto” o’yini 
5 ta o’quvchini o’yinga taklif etiladi. Ularga kartochkalar tarqatiladi.
Kartochkalarda qopdagi kartochkalarga mos fizik terminlar, kattalik, formula,
belgilanishlar mavjud. O’yinni boshqaruvchi bola qopdagi kichik kartochkalarni
olib nima yozilganligini o’qiydi. Bolalar qo’llaridagi kartochkaga qarab tog’ri 
kelganini ochiradilar. Kimniki 1 – bo’lib to’lsa o’sha bola g’olib hisoblanadi. 
O’yin tugagandan so’ng bolaning o’yinga munosabati so’raladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling