50
- kislorod - kaliy
b) So’z tuzish o’yinini quyidagicha ham o’tkazish mumkin.
Quyidagi
kimyoviy belgilar zamirida qanday fizikaviy va kimyoviy so’z yashiringan.
Al Ti Au Mg
(Javob:
Alyuminiy, titan, oltin, magniy. Bu so’zlarning bosh harfliardan
“atom” so’zi kelib chiqadi.)
37.“So’z topish” o’yini.
Musiqadagi notalardan foydalanib fizikaviy va kimyoviy terminlar topish.
O’yinning shartiga asosan notadagi harflar bir-biridan ajralmasdan so’zning boshi,
o’rtasi oxirida kelishi mumkin. Masalan:
Do-vodorod, uglevodorod, donor, Ahmad Donish,Kyuri Skladovskaya.
Re-reaksiya, reaktiv,
preparat, byuretka,
Rezerford,rele,reoxord, rezistor,
reostat,rels, rezina, rentgen,
Mi-alyuminiy, mis, ammiak,
mikroskop, misqol, minut, mil, Milliken, mikro,
milli,
Fa-sulfat, fazo, Fales, Faradey, Al Farg’oniy, fan,
Sol-persol, fasol, solishtirma, misol.
Lya-molekulyar, nomolekulyarm, lyamda, akkumulyator, mikrokalkulyator,
Si-oqsil, oksid, oksidlanish, siljish qoidasi, Ibn Sino, sigma, simob,
38.“Do’stingni top va masalani yech" o’yini.
Barcha o’quvchilarga kartochkalar beriladi.
Kartochkalarda masalaning
berilganlari yozilgan. Lekin to’liq nimani topish kerakligi yozilmasdan
boshqa kartochkaga yozilgan. Bola qo’shnisini ya’ni
masala shartining
davomini topishi kerak va masalani 2 kishi bo’lib hamkorlikda ishlab
o’qituvchilariga topshirishlari lozim.
39."Mashina odam” o’yini.
Barcha 6 ta yoki 5, 4 tadan bo’lib o’tirgan bolalarga 3 daqiqa vaqt beriladi.
Ular 3 minut davomida biror mashina mexanizmning ishlashini o’rtoqlariga
namoish qilishni kelishib oladilar. Vaqt o’tgandan so’ng har bir guruhga navbat
bilan o’zlarini tayyorlagan ishlarini namoish qiladilar.
Qolgan bolalar qaysi
mashina , mexanizm ekanligini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: