Interfaol metodlar tushunchasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
57.“Hodisa va sabab” o’yini Bu o’yinni fizikaning biror bob yoki bo’limini o’tib tugatgandan keyin o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, turli-hayotiy misollar bilan hodisani fizika fanida bog’lab tushuntirishda bu o’yin o’z afzalliklariga ega. O’quvchi bu o’yinda qatnashib tezkor fikrlashga o’rganibgina qolmay, o’z xotirasini ham mustahkamlaydi. O’yin tezkor savol-javoblar asosida o’tkaziladi. Masalan o’qituvchining “kosa sinib qoldi, sabab?” degan savoliga o’quvchi “chunki, u qo’ldan tushib ketdi” qabilida javob berib, yo’ldan tushib ketganida kosaga Yerning tortish kuchi ta’sir qilganini anglab yetadi. O’qituvchi savollarni va javobini bir marta o’qib berganidan keyin, o’quvchi uni eslab qolib, aynan o’ziday takrorlab xotirasini sinaydi va mustahkamlaydi. Javob berishdagi ortiqcha yoki xato aytilgan so’z, turli xil to’xtalishlar uning o’yinda mag’lub bo’lganini bildiradi. t/r Savollar Javoblar 1. Jism harakat qildi, sabab? Chunki, unda kuch ta’sir qilgan edi. 2. Mashina birdan to’xtadi, sabab? Chunki, u tormozlangan edi. 3. Dinamometr prujinasi cho’zildi, sabab? Chunki, u kuchni o’lchayotgan edi. 4. Yoqoriga otilgan jism qaytib tushdi, sabab? Chunki, uni Yer tortayotgan edi. 5. Koptokni suvga botirgan edim, u qalqib chiqdi, sabab? Chunki, unga Arximed kuchi ta’sir qilayotgan edi. 6. Jism aylana chizdi, sabab? Chunki, uning tezlanishi markazga intilma edi. 7. Mayatnik tebrandi, sabab? Chunki, u muvozanat vaziyatidan chiqarilgan edi. 8. Jism energiyasi kamaydi, sabab? Chunki, u ish bajargan edi. 9. Muhitda tovush tarqalmadi, sabab? Chunki, bu muhit bo’shliq edi. 10. Jism impulsi ortdi, sabab? Chunki, uning tezligi ortgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling