Interfaol metodlar tushunchasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60.Zakovat intelektual o’yinini o’tkazish yo’llari.
59.“Anogramma” o’yini
Bu o’yinda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay olishi kerak. Anogrammalarda misollar: 1. Galiley, Nyuton, Paskal, Torrichelli, Rezerford Javob: Rezerford – chunki, u mexanika bilan shug’ullamagan. 2. Detsi, santi, milli, mikro, nano, piko, kilo Javob: kilo – chunki, bu o’nga karrali bo’lgan sonni, (1000 ni), anglatuvchi old qo’shimcha. 61 3. Voltmetr, Ampermetr, Vattmetr, Dinamometr, Potensiometr, Reostat, Rezistor Javob: Dinamometr – chunki u elektr asbobi emas. 4. Qizil, zarg’aldoq, sariq, oq, yashil, havorang, ko’k, binafsha Javob: Oq – chunki oq rang spektrni hosil qilsada, o’zi spektr tarkibiga kirmaydi. 5. Kinetik, potensial, ichki, tashqi, mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik, yadro Javob: tashqi chunki, fizikada “tashqi energiya” tushunchasi yo’q. Qolgan so’zlar energiyaning turli ko’rinishlarini ifodalayapti. 60.Zakovat intelektual o’yinini o’tkazish yo’llari. “Zakovat” o’tkazish uchun o’yinga qatnashadigan oltita o’quvchini tanlash lizim. Bu ishni amalga oshirish uchun 200 ga yaqin savollarni javobi bilan tayyorlab qo’yish lozim. Bu savollar o’tilgan mavzulardan bo’lishi kerak. Zakovat darsining qachon bo’lishini o’qituvchi oldindan o’quvchilarga e’lon qilishi lozim. Zakovat darsi boshlanishi bilan barcha o’quvchilarga navbat bilan bir boshdan beriladi. Savolga javob bermagan o’quvchi o’yindan chiqadi. Savol-javob o’tkazish to 6ta bola qolgancha davom etadi. 6ta bola o’tirishi uchun o’rindiqlar tayyorlab qo’yilgan bo’ladi. G’oliblikni qo’lga kiritgan 6ta o’quvchi musiqa sadolari va zakovatni olib boruvchining familiyani e’lon qilishi bilan chiqib o’rnini egallaydi. Zakovat intelektual o’yinini otkazish uchun oldindan katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bu ishlar o’qituvchi boshchiligida o’quvchilar tomonidan bajariladi. Zakovat o’yini zangori ekranda olib borilgandek olib boriladi. Zakovat savollarini oldindan o’qituvchilardan. boshqa sinf o’quvchilaridan yig’ib ma’quli olinadi. Bu ishni maxfiyligini kafolatlaydigan bir guruh bajaradi. Bu savollar maxsus konvertlarga joylanadi va yelimlab qo’yiladi. Zakovatni o’tkazish vaqtida kompyuterlardan foydalaniladi. Fizika fanidan electron darsliklardan foydalanish lozim. Qo’yida zakovat o’tkazish uchun savollar javoblari bilan berilgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling