Interfaol metodlar tushunchasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
 48.“Zakovat o’yini” 
Bu o’yinni tashkil etishdan oldin, o’quvchilarga topshiriqlar beriladi. Shu 
topshiriqlarni a’lo darajada bajarib topshirgan o’quvchilar o’yinga jalb etiladi. Ular
(6 o’quvchi) sinf o’rtasida qo’yilgan partaga guruh bo’lib o’tiradilar. Qolgan
o’quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob beradilar. O’yinni bir 
o’quvchi olib boradi. O’yin orasida musiqali tanaffus ham bo’ladi. O’yin 10
bosqichdan iborat bo’ladi. O’yin davomida guruh savolga javob bera olsa, unga 
ball beriladi. Agar javob bera olmasa ball savol bergan o’quvchiga beriladi.
49.“Gaz, suyuqlik, qattiq” harakatli o’yin. 
O’yinga butun sinf o’quvchilari taklif etiladi. Ularning har biri molekula 
bo’ladi. O’quvchilarga o’yin sharni tushuntiriladi.
Agar gaz holati deyilsa ular bir-biridan uzoq-uzoq joylashib tartibsiz harakat 
qiladilar. Agar suyuqlik desak ular bir-biriga ozgina yaqinroq kelib, yana tartibsiz 


54 
harakat qiladilar. Agar qattiq jism desak ular aylanalarni tashkil qilishlari 
kerak. Aylanalarda taxminan 6tadan bola bo’lishi mumkin. 
Ular bir-biriga yaqin turib, bir joyga turgan holatda tebranib turishlari lozim. 
Bu o’yin o’quvchilarga gaz, suyuqlik, qattiq jismlar molekulalarining 
tuzilishidagi farqni anglashga yordam beradi. 
 50.“Ziyraklik” o’yini. 
Bu uyinda o’quvchilar 2 guruhga bo’linib, sinf xonasida bir-biriga qarab
tiziladilar. 1 guruhdagi 1 chi o’quvchi birta fizik termin aytadi. 2 guruhdagi 1 
o’quvchi uning nimaligini aytadi. Keyin 2 guruhdagi 2 o’quvchi fizik termin aytadi. 
1 guruhninig 2 chi o’quvchisi nima ekanligini tushuntiradi. O’yin shunday oxirgi 
o’quvchigacha davom etadi. O’yin tugagandan syng o’quvchidan o’yinga 
munosabati qandayligi va o’yida o’zini qanday his qilganligi so’raladi. 
51."Atom molekula” o’yini. 
Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. Bolalarga “atom” deb xitob
qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta o’quvchi 
birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, vodorod molekulasi xitob 
qilinsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil qiladilar . Agar kislorod 
molekulasi deyilsa u holda 2 ta bola birlashib kislorod molekulasini hosil qiladi. 
O’yin davomida bironta o’quvchi birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini
ko’rsatish talab etiladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling