International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 31 muzeylar avvallgidek inson ijodiyotining noyob orolchalari va madaniy rang-barangliklarni aks ettiruvchi maskanlar bo’lib qolmoqda. Shuning uchun ham YUNESKO muzey tadqiqotlarining turli sohalarida faol ishtirok etayotganini guvohi bo’lish mumkin. YUNESKO va Madaniy boyliklarni asrash va ta’mirlash bo’yicha xalqaro tadqiqot markazining 2007– 2010 yillardagi uch yillik hamkorligi samarali bo’ldi. Hamkorlik rivojlanayotgan mamalakatlardagi muzey kolleksiyalarini saqlash va o’rganishga qaratilgan edi. Madaniy merosni asrash ko’p jihatdan bu sohada milliy qonunchilikning mavjudligiga va uning lozim darajada bajarilishiga, YUNESKO qabul qilgan tegishli xalqaro konvensiyalarning ratifikatsiya va implementatsiya qilinishiga bog’liq bo’ladi. Madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi asosiy huquqiy va amaliy choralar va vositalarni qo’llash to’g’risida ma’lumot tarqatish maqsadida YUNESKO tomonidan “Madaniy boyliklar turkumini noqonuniy savdosiga qarshi yuridik va amaliy tavsiyalar” nomli qo’llanma tayyorlangan va chop etilgan (2010). U DVD disk holatida joylarga tarqatildi. O’z strategiyasiga amal qilib, YUNESKO muzey menejmenti sohasidagi dasturlarni yanada rivojlantirish, muzey xodimlarining professional ta’limini yangilash maqsadlarini ko’zlamoqda. Chunki bugungi kun aynan muzeylar o’zida jamlangan madaniy salohiyat tufayli turli madaniyatlarning o’zaro hamjihatligi, tinchlikni va xalqlar o’rtasidagi o’zaro tushunishni saqlab qolish uchun aniq asos yaratmoqda, XXI asrdagi madaniy rivojlanishni tushunish uchun yangi istiqbollarni taklif qilmoqda. YUNESKO 50 dan ortiq byulliten va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ular orasida eng mashhurlari “YUNESKO kur’eri” oynomasi (30 tilda nashr etiladi), “Kelajak” (ta’lim sohasidagi haftalik), “Muzey”, “Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi”, “Tabiat va resurslar”, “Mualliflik huquqi bo’yicha byulliten”, “Ta’lim byurosi xalqaro byulliteni”, “Impakt: fan va jamiyat” kabilardir. YUNESKO har ikki yilda bir marta ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida umumjahon ma’ruzalarni chop etadi. YUNESKO “Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi” (6 jild), “Islom madaniyatining turli tomonlari” ( 6 jild), “Lotin Amerikasi davlatlari tarixi” (7 jild), “Karib havzasi davlatlari tarixi” (6 jild), “Afrika umumiy tarixi”(8 jild), “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” (6 jild) kabi fundamental nashrlarni chop etmoqda. 1999 yildan boshlab, tashkilotga ko’proq vakolatlilik, samaradorlilik, tiniqlik va faoliyatiga hisobdorlik berish maqsadida YUNESKOda tub islohotlar boshlandi. YUNESKO Bosh direktori Koichiro Matsuura 1999 yil noyabrdagi inauguratsiya nutqida tashkilot XXI asrning umumbashariy muammolariga tayyor turishi kerakligini qayd etdi. Bu maqsadda quyidagi yo’nalishlarda uchta ishchi guruh tuzildi: “Boshqaruv”, “Markazlashmaslik” va “YUNESKO XXI asrda”. Tashkilot harakatining yangi dasturlari asosida “Globallashuv insoniylik yuzi bilan” tushunchasi yotibdi [17]. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling