International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02


International Journal of Intellectual and Cultural Heritage


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32

International Journal of Intellectual and Cultural Heritage 
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 
ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 
http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 
27 
ishlayotgan mutaxasisslarning konferensiyalarida, kongresslarda, turli-tuman yig’ilishlarda so’z 
borar edi.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results) 
1855 yildan boshlab Butunjahon ko’rgazmalari doirasida arxitektura seksiyasining 
majlislarida madaniy merosni qo’riqlash zarurati qat’iy yangray boshladi, ularda yangi me’moriy 
loyihalar bilan birga tarixiy yodgorliklarning tasvirlari va ta’mirlash loyihalari ham taqdim qilinardi. 
Qatnashchi mamlakatlar ushbu shaklda yodgorliklarni asrash va ta’mirlash sohasidagi tamoyillar va 
taraqqiyotni ko’rsatishga intilishardi. 1867 yildan boshlab esa Butunjahon ko’rgazmalari doirasida
аrxitektorlarning xalqaro kongressini o’tkazish taomilga kiritildi. Ularda arxitektura yodgorliklarini 
asrash masalalari muzokaralarning muhim mavzusiga aylandi [4]. 
1889 yilda Butunjahon ko’rgazmasi doirasida Parijda arxitektor Sharl Garnie raisligida
o’tkazilgan “Yodgorliklar va san’at asarlarini muhofaza qilish bo’yicha birinchi xalqaro kongress”
faqat madaniy merosni asrashga bag’ishlangan birinchi yig’ilish bo’lib tarixga kirdi. U 1885 yilda 
tuzilgan va Sharl Normann boshchilik qilgan “Parij yodgorliklarining do’stlari” (La Société des amis 
des monuments parisiens) tashkilotining sa’y-harakatlari tufayli bo’lib o’tdi. Tashkilot a’zolari va 
ularning tarafdorlari konservatsiyalashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish qoidalarini himoya
qilishar va ular bu jihatdan XIX asr o’rtalarida Violle-de- Dyuk tomonidan e’lon qilingan stilistik
ta’mirlash qoidalariga tayanuvchi Fransiya tarixiy yodgorliklar komissiyasiga nisbatan g’oyaviy 
muxolifatda turishar edi. Kongressda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika 
mamlakatlari vakillari qatnashdi [5]. 
1889 yildagi kongress XX asrda madaniy merosni muhofaza qilishni rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishlarini belgilab berdi. Muhokamalar doirasida,
кеyinchalik madaniy va tabiiy merosni asrashning zamonaviy mafkurasiga aylangan qator g’oyalar, 
fikr-mulohazalar bildirildi. Ko’tarilgan masalalarni xalqaro darajada hal qilish zarurligi aniq bo’lib 
qolgan bo’lsa-da, xalqaro jamoatchilik ularni amaliy hal qilishga yana qirq yildan so’ng kirishdi, 
1950- yillarga kelibgina ilk natijalarga erishildi. 
Madaniy boyliklarga YUNESKO talabi bo’yicha quyidagi ob’yektlar kiradi: 
- Tarixiy yodgorliklar – muhim tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishini, inqilobiy 
harakat, xalqlarning madaniyati va turmushining rivojlanishi, tarixiy siyosat, davlat, harbiy soha 
arboblari, xalq qahramonlari, fan adabiyot va san’at namoyondalari hayoti bilan bog’liq binolar, 
inshootlar, xotira joylari va ashyolar.
- San’at yodgorliklari – monumental, tasviriy, bezakli- amaliy va boshqa san’at turlariga mansub 
asarlar.
- Me’morlik va shaharsozlik yodgorliklari – fuqaroviy, sanoat, harbiy, diniy arxitektura, xalq 
me’morchiligi inshootlari; me’morlik ansambllari va majmualari va tarixiy markazlar, dahalar, 
maydonlar, ko’chalar, shaharlar va boshqa aholi manzillarining qadimiy rejalashtirish va qurilish 
qoldiqlari.
- Arxeologiya yodgorliklari – ko’hna shaharlar, qo’rg’onlar, qadimgi aholi yashash manzillari, 
mudofaa inshootlari, ishlab chiradishlar, suv yo’llari, yo’llar qoldiqlari, qadimgi qabristonlar, 
taroshlangan toshlar, qoyatoshlardagi suratlar va qadimgi ashyolar. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling