International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 28 - Hujjatli yodgorliklar – davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining hujjatlari, boshqa grafik va yozma hujjatlar, kino, foto hujjatlar va yozib olingan ovozlar, shuningdek, qadimgi va boshqa qo’lyozmalar hamda arxivlar, yozib olingan folklor va musiqa namunalari, nodir bosma nashrlar. - Konkret vaziyatlarga bog’liq holatda tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qiymatga ega bo’lgan o’zga obyektlar ham tarix va madaniyat yodgorliklariga kirishi mumkin [6]. Tarix va madaniyat yodgorliklari ikki guruhga bo’linadi. Qo’zg’aluvchi yodgorliklar – eski ashyolar, kartinalar, qo’lyozmalar, bosma nashrlar, arxivlar, tangalar, panoptikum-noyob ashyolar to’plamlari. Qo’zg’almas yodgorliklar – binolar, inshootlar, me’morlik ansambllari va majmualar, ko’hna shaharlar, qo’rg’onlar va h.k [7]. Yodgorliklarni muhofaza qilish (qo’riqlash) – merosni asrash va dolzarblashtirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa choralar tizimi. Yodgorlikning tabiiy buzilishi, shikastlanishi yoki nobud bo’lishining, qiyofasi o’zgarishining, foydalanish tartibini buzishning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: - yodgorliklarni aniqlash, o’rganish va hisobga olish; - ularning asralishini ta’minlash (jumladan, konservatsiyalash, ta’mirlash, foydalanish uchun moslashtirish, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlari); - saqlanishini va foydalanilishimi nazorat qilish; - yo’qotilgan yodgorliklarni qayta tiklash (obyekt alohida ahamiyatga ega bo’lgan favqulodda holatlarda) [8]. Madaniy merosni asrash sohasida xalqaro hamkorlik shakllanishining boshlanishi Xalqaro muzeylar kengashi faoliyati bilan bog’liqdir. Uning paydo bo’lish tarixi Fransiyaning 1922 yildagi Millatlar ligasi doirasida Intellektual hamkorlik bo’yicha xalqaro komissiya tuzish haqidagi taklifiga borib taqaladi. 1926 yilda Fransiyaning moliyaviy ko’magida Parijda “Xalqaro intellektual hamkorlik institute” tuzildi, u amalda komissiyaning ishchi organiga va Millatlar ligasining doimiy kotibiyatiga aylandi. Komissiya o’z faoliyatini 1939 yilda tugalladi, institut esa 1940 yilgacha faoliyat ko’rsatdi, keyin 1945 yilda qayta ochildi va o’z faoliyatiga 1946 yilda nuqta qo’ydi hamda o’z vakolatlarini yangi tuzilgan YUNESKOga topshirdi [9]. Urush vaqtida madaniy merosni muhofaza qilish masalasi va yodgorliklarni asrashning boshqa masalalari 1930 yillarda Xalqaro Muzeylar Kengashi faoliyatida yangidan rivojlanadi. Bu masalфni xalqaro tartibga solish masalasida siyosat yuritishda qo’mita ikki davrni boshidan kechirdi. Uning birinchisi 1930 yillarning birinchi yarmiga to’g’ri keladi, bu davrda xalqaro konvensiya tuzishga nisbatan ishonchsizlik hukm surardi. Urushayotgan tomonlarning yodgorliklarga nisbatan harakatlarini qattiq tartibga solish o’rniga Qo’mita urush harakatlari sodir bo’lganda yodgorliklarni himoyalashning samarali texnik vositalarini tayyorlashni muhim deb hisobladi. Jumladan, qo’mita, muzeylar qo’zg’aluvchi san’at asarlarini saqlash uchun maxsus xonalar barpo etishni, trevoga paytida san’at asarlarini bu xonalarga tashib kiritish uchun texnik moslamalar bilan muzeylarni jihozlashni, muzeylar xodimlarini bunday holatlarga tayyorlashni tavsiya qildi. Xalqaro muzeylar kengashi taklifi bo’yicha Millatlar Ligasi Assambleyasi 1932 yil 10 oktabrda har qanday sharoitda madaniyat yodgorliklariga hurmatni tarbiyalash bo’yicha tavsiyalarni barcha davlatlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling