International school of finance technology and science mustaqil ish
Download 113.27 Kb.
|
O\'rta osiyoda tilning rivojlanishi Urolova Charosxon
Bizga ma'lumki, sho'rolar davrida barcha fanlar marksistik falsafaga asoslangan holda rivojlandi. Bunday vaziyat barcha fanlar qatorida tilshunoslikda ham hukm surdi. XX asming 50-yillarigacha til falsafasi ikkita o'zaro bir-biriga zid konsepsiya asosida rivojlandi. Ularning birinchisi Ye.D. Polivanov, ikkinchisi N.Ya.Marr kon sepsiyasi edi.Har ikkala guruh ham marksizm tarafdorlari edi. Ularning har ikkalasi tilshunoslikka marksist ik ta limotni olib kimoqchi bo'ldi. Faqat ular bu ta'limotga turli tom ondan yondoshadilar. Ye.D.Polivanov maksizmning lenincha ta'limotiga asoslansa, Mar va uning tarafdorlari marksizm-len in izmning stalincha talqiniga asoslangan edi. Ular bir qancha masalalar bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi pozitsiyada edi. 1. O'tmish madaniyatiga, shu Jum ladan, lingvistik merosga munosabat masalasi. Birinchi yo'nalish tarafdorlari, ya'ni Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari, o'tmish madaniyat yutuqlariga asoslangan holda yaratiladi, o 'tmish madaniyatini o'rganmay turib yangl madaniyatni yaratib bo'Imaydi, degan g'oyani ilgari suradi. Marr va uning tarafdorlari esa eski madaniyatga qarshi chiqib, madaniyatda vorislikka chek qo'yish kerak degan g'oyalarni ilgari suradi. Ya'ni bu g'oyani tarafdorlari eski madaniyat bilan alogani umuman uzib boshqalarga o'xsh am agan, yangi madaniyat yaratishni ilgari suradi.2. Marr bilan Ye.D.Polivanov o'tasidagi ikkinchi qarama-qarshilik tillarning taraqqiyoti va uning istiqboli masal asiga qanday yondoshuvida ko'rinadi. Tilning kelib chiqishi va taraqqiyotini Marr "ko'pdan ozga" tamoyili asosida olib boradi. Ya'ni butun dunyo tillariní birlashtirishga intiladi. Kelajakda butun dunyo xalqlarí uchun yagona til va butun dunyo tili maydonga keladi, degan g'oyani ilgari suradi. Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari esa bunday qarash larni yoqlamagan holda Marrning yagona dunyo tilining paydo bo'lishi haqidagi qarash lari folbinlik deb qaraydi.
Download 113.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling