Internetning rivojlanish tarixi


"Internet arxitekturasi bo’yicha kengash"


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1123058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
amaliy topshiriq

"Internet arxitekturasi bo’yicha kengash" tomonidan boshqariladi. 
 
Internet va WWW 
Internet — dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan 
minglab kompyuter tarmoqlarining majmuyidir. Internetda axborot almashish 
standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish 
qpidalan 
protokollar 
(masalan, 
TCP/IP 
-TRANSMISSON 
CONTROL 
PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli 
axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga 
uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi 
tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga 
soladi va yaxlit ko’rinishga keltiradi. 
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon 
beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes 
kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor 
millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Intemetdan foydalana olish 
imkoniyatigaegabo'ldilar.
Hozirgi kunda Intemet dunyo bozorini o’rganishda va savdo-sotiq ishlarini 
tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib 
bormoqda. Intemet o’zaro aloqa bog’lash yoki malumotlar almashish tarmog’i 
bo’libgina qolmasdan, unda mavjud bo’lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo 
bilimlar omborini tashkil etadi. Intemetning kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan 


11 
narsalardan muhim farqi shundaki, u o’zi haqidagi ma'lumotlarni ham o’zida 
saqlay oladi. 
1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va 
tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati 
yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan. 
World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy 
Tadqiqotlar Kerigashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda 
axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat 
edi. Hozirgi kunda World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan 
sohalaridan biri bo’lib qoldi. 
Intemet deganda ko’pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni 
tushunadi. Aslida World Wide Web Intemetning bir qismi bo’lib, xalqaro 
o’rgimchak to’ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia 
— rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan 
birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar 
e'tiborini juda tez qozondi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling