Инвестиция жараёнларининг мазмуни ва асосий босқичлари


Download 0.51 Mb.
bet3/6
Sana13.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1676931
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 mavzu Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari

INVESTITSIYA LOYIHASI

  • Oʼzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunining 3-moddasida quyidagicha taʼrif berilgan:
  • “investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʼzaro bogʼliq boʼlgan tadbirlar majmuiidir”.
  • Investitsiya faoliyati investitsiyalash va investitsiyalarni, mulkni ko‘paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi, ya‘ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) va kapitalni o‘stirish (jamg‘arma) shaklini oladi.
  • Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, investitsiya jarayoni maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati aniq maqsadga asoslangan bo‘lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha yo‘nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo‘ladi. Investitsiya faoliyati biznes- g‘oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa asoslarini aniqlash va ta‘minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, mulkning yanada ko‘payshiga erishish hamda bu jarayonda ma‘lum subyektlar ishtirokini ta‘minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi.
  • 2020 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2019 yildagiga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
  • Eng muhimi, investitsiya loyihalarini toʻgʻri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi — loyiha moʻljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega boʻlishidir. Shuning uchun, urbanizatsiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha qabul qildik. Bundan asosiy maqsad — infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlar jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirishga erishamiz. Sanoat bor joyda ish oʻrinlari va daromad boʻladi, uy-joylar va ijtimoiy obyektlar, kichik shaharchalar barpo etiladi, — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.
  • Yillar
  • Ishga tushirilgan yirik investitsiya loyihalari soni, ta
  • Ishga tushirilgan yirik investitsiya loyihalari hajmi, mlrd. AQSH dollar
  • 1
  • 2015
  • 150 ta
  • 2,7
  • 2
  • 2016
  • 154 ta
  • 4,2
  • 3
  • 2017
  • 158 ta
  • 7,4
  • 4
  • 2018
  • 164 ta
  • 5,0
  • 5
  • 2019
  • 161 ta
  • 2,4
  • 6
  • 2020
  • 353 ta
  • 20
  • 7
  • 2021
  • 179 ta
  • 23
  • 1- jadval.Mamlakatimizda so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari to’g’risidagi ma’lumotlar
  • Xulosa qilib aytganda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar investitsiya va kreditlarini jalb etish masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratmoq lozim. Ularning yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtiroki va xissasini oshirish iqtisodiyotni modernizasiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling