- Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
- Real investitsiyalar qo’yidagi elementlardan iborat:
- asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;
- yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;
- nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar;
- moddiy aylanma mablag’lari zaxiralarini to’ldirish xarajatlari.
- Инвестиция-лаш объектлари
- Номоддий инвестиция объектлари
- - инсоннинг ақлий салоҳияти, билими;
- - ноу-хау, лицензия, муаллифлик ҳуқуқи
- Молиявий инвестиция объектлари
- - акция, облигация каби қимматли қоғозлар
- «Investitsiya loyihasi» tushunchasi iqtisodiy nazariyada va amaliyotda keng qo’llaniladi va u ikki xil ma’noda talqin etiladi:
- muayyan maqsadlarga erishishni (ko’zlangan natijalarni hosil qilishni) ta’minlovchi qandaydir faoliyatlar yig’indisini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda «xo’jalik tadbiri», «ish (ishlar yig’indisi)», «loyiha» terminlari ushbu tushunchalarga mazmunan yaqin keladi. Umumiy jihatdan, loyiha (ingl. projekt) – bu «biron nima, nima o’ylanayapti yoki rejalashtirilayapti», degan ma’nolarni anglatadi;
- qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |