INVESTITSIYA LOYIHASINI TUZISH VA AMALGA OSHIRISH UMUMIY HOLDA QUYIDAGI BOSQICHLARNI O’Z ICHIGA QAMRAB OLADI: - investitsiya g’oyasini shakllantirish;
- investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish;
- investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA);
- shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
- loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash;
- qurilish-montaj ishlari;
- ob’ektni ishga tushirish
- investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish.
- Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va «loyiha»lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi.
- Shu bilan birga, uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
- Investitsiya loyihasi orqali quyidagi masalalar hal etiladi:
- sotuvning kelgusi bozori hajmi va istiqbollarini oʼrganish;
- ushbu bozorga kerakli boʼlgan mahsulotni tayyorlash va sotish uchun zarur xarajatlarni baholash hamda ularni oʼz tovarlarni sotish mumkin boʼlgan narxlar bilan koʼzlangan ishning salohiyatli foydaliligini aniqlash maqsadida solishtirish; yangi ishni boshlashda barcha ehtimolli toʼsiqlarni aniqlash;
- ular asosida korxona faoliyatini muntazam ravishda baholash mumkin boʼlgan belgi va koʼrsatkichlarni aniqlash
- O’y, fikr
- (muammo, vazifa)
- Amalga oshirish vositasi (qaror)
- Amalga oshirish maqsadlari (natijalar)
- Investitsiya loyihasining asosiy elementlari
- Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash (assortimentini kengaytirish)
- Bozorda o’z mavqeini saqlab qolish (mahsulotini saqlab qolish)
- Ijtimoiy va iqtisodiy vazifalar
Do'stlaringiz bilan baham: |