- Investitsiya mukofoti. Investitsiyalarga daromad yoki foyda joriy daromad yoki qoʼyilgan mablagʼlarni qiymatini oʼsishi sifatida olinishi mumkin. Masalan, bankni omonat hisobiga joylashtirilgan pullar muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad beradi, shu bilan bir paytda boʼsh turgan yer uchastkasi sotib olishga qoʼyilgan pullar, uni sotib olish va sotish orasidagi oʼtgan paytda uchastkani qiymatini oʼsimi koʼrinishida daromad keltiradi. Mablagʼlarga muhtoj boʼlayotganlar kimda ular ortiqcha boʼlsa jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul yetkazib beruvchilarni tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib gapirganda investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun pul yetkazib beruvchilar mukofot olishi lozim, pul haridorlari esa ushbu mukofotni taʼminlashlari lozim.
- Аmalda investitsiyalashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan biri aniq maqsadlarga erishishga yoʼnaltirilgan harajatlarni chuqur rejalashtirishdan iborat. Boshqasi, qarama-qarshi yondashuv boʼlib harakatlar tasodifidan iborat, unda qarorlar intuitsiya asosida qabul qilinadi. Tajribani koʼrsatishicha maqbul yondoshganda natijalar odatda yuqori boʼladi. Shuning uchun investor dastlab reja tuzishi, keyin umumiy moliyaviy maqsadlarga muvofiq investitsiya dasturini bajarishi kerak. Unday dasturni amalga oshirish natijasi tavakkallikni qoniqarli darajasida moʼljallangan daromadni beruvchi investitsiya portfelini shakllantirish lozim.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |