Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish


Download 0.5 Mb.
bet29/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish.
Davlat monitoringi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Quyidagilar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari ustidan Davlat monitoringini amalga oshirishningasosiy vazifalari hisoblanadi:
-investitsiya loyihalarining va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi, shu jumladan, loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlarining asosiy ko‘rsatkichlariga rioya qilinishiga oid qismi ustidan nazoratni taʼminlash;
-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘lik, masalalarning o‘z vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
-investitsiya loyihalarini tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qatʼiy muvofiq mablag‘ bilan o‘zluksiz taʼminlash;
-xorijiy sheriklar oddida qabul kilingan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini taʼminlash;
-loyihalarni amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni ko‘zatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf ztilishini taʼminlash;
-investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Davlat monitoringi investitsiya loyihalari Dasturga kiritilish manfaatdor vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporasiyalar, kompaniyalar, tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Mahkamasini Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan tashkil etiladi.
Axborot taqdim etish, shuningdek Davlat monitoringini amalga oshirish tartibi va muddatlari Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun javobgarlik loyihalarning buyurtmachilari zimmasiga yuklanadi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling