Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Respublikamizda investitsiya dasturini
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
Respublikamizda investitsiya dasturini
shakllantirish sxemasi
Banklarning kredit resurslari hisobidan moliyalanadigan kichik biznes va tadbirkorlik investitsiya loyihalari tijorat banki tomonidan mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ekspertiza qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari shu shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda ekspertiza qilinishi lozim. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Davlatning vakolatli organi investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarorni: - investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilingan yoki topilganda; - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda; - investitsiya faoliyati jarayonida qonun xujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiasiya, yekologiya, arxitektura-shaxarsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun Bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari bo‘zilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xolatlar aniqlangan xollarda qabul qilinishi mumkin. O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi qancha? 2017 yil yanvar–sentyabrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 39 536,1 mlrd. so‘mni (AQSH dollari ekvivalentidagi hajmi – 9,6 milliard AQSH dollarini) yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 101,0 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi YaIMga nisbati 23,2 foizni tashkil qilib, 2016 yil yanvar–sentyabriga nisbatan 1,4 foizga kamaydi. Davlat budjetidan ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy sohani va hayotiy taʼminot tizimini qo‘llab-quvvatlashga, O‘zbekiston Respublikasi infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan manzilli investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tog‘–kon sanoatida – 8 054,7 mlrd. so‘m (jami investitsiyalar hajmida 20,4 foiz), shundan xom neft va tabiiy gaz qazib olish – 7 282,8 mlrd. so‘m (18,4 foiz), ishlab chiqarish sanoatida – 5 900,7 mlrd. so‘m, (14,9 foiz) shundan oziq–ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari– 809,5 mlrd. so‘m (2,0 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim – 1 156,4 mlrd. so‘m (2,9 foiz), kimyo mahsulotlari – 625,7 mlrd. so‘m (1,6 foiz), nometall mineral mahsulotlar – 791,1 mlrd. so‘m (2,0 foiz), metallurgiya – 760,4 mlrd. so‘m (1,9 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash – 2 221,1 mlrd. so‘m (5,6 foiz), qurilish – 1 695,4 mlrd. so‘m (4,3 foiz), tashish va saqlash– 3 412,3 mlrd. so‘m (8,6 foiz), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash – 1 901,4 mlrd. so‘m (4,8 foiz), axborot va aloqa – 1 063,2 mlrd. so‘m (2,7 foiz), professional, ilmiy va texnik faoliyat – 565,6 mlrd. so‘m (1,4 foiz), taʼlim – 855,4 mlrd. so‘m (2,2 foiz), boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan tashqari: turar joy binolari qurilishiga – 8 436,6 mlrd. so‘mlik (21,3 foiz) investitsiyalar o‘zlashtirildi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling