Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash Reja
- 1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mohiyati va ahamiyati.
Nazorat uchun savollar:
1. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya Dasturini shakllantirishning maqsadi va vazifalari. 2. Dasturning muvozanatlanganligini taʼminlash. 3. Dasturni shakllantirish tartibi va muddatlari. 4. Kapital qo‘yilmalar prognozi. 5. Ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatini shakllantirish tartibi. 6. Investitsiya loyihalarining aniq dasturini to‘zish. 7. Dasturni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. 8. Dasturni amalga oshirilishini nazorat qilish. 8-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash Reja: Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mohiyati va ahamiyati. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari. 1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mohiyati va ahamiyati. Korxona uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Bunda asosiy mezon korxona qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo‘lib korxona daromadlari o‘sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha bunday natijalarga yerishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi. SHunday qilib ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga yega. SHunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo‘yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish surʼati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi. Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YUNIDO4 (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, yaʼni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to‘ldirib turadi. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini umumiy realizatsiya (amalga oshirish) jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sishi surʼatini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.Quyidagi rasmda har bir mezon bo‘yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan: Taqdim etilayotgan obʼekti investitsiyalashni moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati nomaʼlum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilish normal holat hisoblanadi va ular har xil to‘plamlar holatida chop etiladi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida maʼlumotlar olish mumkin. Investitsiya loyihasining moliyaviy asoslanganlik bahosi pul oqimlari to‘g‘risdagi hisobot yordamida asosan hisoblanadi (4-shakl). Bu esa korxonaning mablag‘lari holati to‘g‘risida aniq maʼlumot olishni, shu bilan birga bu mablag‘larning investitsiya loyihasiga yetarligini ko‘rsatib beradi. Loyihaning maqsadi, shartlari va variantlarini tanlab olishga ko‘ra moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi), investitsion loyihalash jarayonida qo‘shimcha maʼlumotlardan foydalanish mumkin. (masalan, 1 va 2 shakl maʼlumotlari). Amaliyotda esa ko‘pgina korxonalar pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni unchalik aks yettirmaydilar. Bu esa korxonaning pul mablag‘lari, qaysi faoliyat yevaziga kelayotganligini tahlil etishga imkon bermaydi. Natija esa korxonani moliyaviy baholashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati uchun maʼlumotlar eʼlon qilayotganida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirning 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan) talablarini to‘liq inobatga olishlari zarur bo‘ladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli, bu loyihani iqtisodiy baholash hisoblanadi. Loyihani iqtisodiy baholash o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: 1.- Oddiy (yoki statistik) baholash; 2.- diskontlashga asoslangan baholash. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: - investitsiya qoplash muddati (Payback Period, PP); - investitsiya samaradorligi koyeffitsiyenti (Accountinq Rate of Return, ARR). Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koyeffitsiyentini (ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investmens, ROI) koyeffitsiyentidan foydalaniladi. Lekin bu ikki koyeffitsiyenti hisoblash algoritmi bir xildir. Ushbu usulning asosiy afzalliklari koyeffitsiyentlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir. Bu guruh koyeffitsiyentining kamchiliklari shundan iboratki, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi. Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi. Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koyeffitsiyentini (RR) hisoblashda, albatta amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur. Uchinchidan, bu koyeffitsiyentlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir tomonlama baholashni beradi, yaʼni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo‘ladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koyeffitsiyentilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: - Sof keltirilgan qiymat (SKQ) (Net Present Valuye, NPV) yoki sof joriy qiymat; - investitsiya rentabelligi (IR) indeksi (Profitability Index, PI); - foydaning ichki meʼyori (FIM) (Internal Rate of Return, IRR); - investitsiya diskontlangan qoplash muddati (IDQM) (Discounted Payback Period, DPP). Xulosa qilib, shuni aytish joizki investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda ikki usul, yaʼni moliyaviy va iqtisodiy baholashdan fodaylaniladi. Bu baholash usullari bir-biri to‘ldirib turadi va investitsiya loyihasining samaradorligini aniq va to‘liq baholashda muhim rol o‘ynaydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling