Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari


Download 0.5 Mb.
bet33/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

2. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari.
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, quyida shulardan baʼzilarini ko‘rib chiqamiz.
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan maʼlum bo‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo‘llanilishiga qadar asosiy ko‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga yega bo‘lmagan xodimlar o‘rtasida ham qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini maʼlum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, yaʼni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. SHunga ko‘ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo‘lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo‘lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
(4.1)
bu yerda, I0 - boshlang‘ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va xarajat (X) o‘rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
4.1. Faraz investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so‘m miqdorida investitsiyalash ko‘zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yo‘llar bo‘yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so‘m, ikkinchi yilda – 42390 ming so‘m, uchinchi yilda-47430 ming so‘m, to‘rtinchi yilda – 51140 ming so‘m va beshinchi yilda 60030 ming so‘mni tashkil yetadi. Bunda qoplanish muddati necha yilga teng ekanligini aniqlash qanday amalga oshiriladi?

Bunda uch yillik pul tushumlari yig‘indisi boshlang‘ich investitsiyalar miqdoridan kichik, yaʼni yil 127570 ming so‘mni tashkil yetadi. To‘rt yil bo‘yicha katta (178710 ming so‘m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to‘rtinchi yilgi faoliyatiga bog‘liqligini ko‘ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming so‘m) boshlang‘ich investitsiyalardan (140 mln so‘m) farqi 12430 ming so‘mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to‘rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko‘rsatadi, yaʼni 12430/51140=0,24 koyeffitsiyentni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. SHunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, yaʼni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan xarajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.


Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang‘ich summasi yillik tushumlarning (o‘rtacha yillik) miqdoriga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich pul tushumlari yillar bo‘yicha teng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy meʼyori (ROI) buxgalteriya hisoboti maʼlumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o‘rtacha daromadni investitsiyalarning o‘rtacha yillik hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to‘lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to‘lagandan keyingi, lekin foiz to‘lovlarigacha bo‘lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to‘langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. SHunki u korxona taʼsischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling