Investitsion loyihalar tahlili


Muvofiqlik (proporsionallik) koeffitsientini


Download 1.39 Mb.
bet4/23
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1598440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩

Muvofiqlik (proporsionallik) koeffitsientini aniqlash uchun mahsulotning o‘zgaruvchi xarajatlarini soliqning o‘zgaruvchi qismi bilan birgalikda qo‘shib (Mo‘z) uning qiymatiga (R) bo‘linadi:

Muvofiqlik koeffitsienti inobatga olingan holda 2 formula quyidagi shaklga ega bo‘ladi:
D = Km . Mo‘z + Mo‘m + F (2.)

  1. Korxonaning zararsizlik (tenglik) nuqtasini aniqlash

Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun oldin daromadning «Tenglik nuqtasi» aniqlanadi (Dmn), ya’ni daromad hajmi barcha xarajatlarni qoplashga yetarli bo‘lishi kerak. Bunda foyda olish ko‘zda tutilmaydi. U holda 3 formula quyidagicha ifodalanadi:
Dmn = Km . Mo‘z + Mo‘m (3.)
Natija bilan omil o‘rtasidagi muvofiqlik (proporsionallik) koeffitsientini to‘g‘ri ifodalash uchun 4 formulani quyidagicha yozish ham mumkin.
(4)
Masalan, «Turon» korxonasi sandiq ishlab chiqarib sotadi deb faraz qilamiz. Uning bittasining qiymati 20,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu narx hisobot yilida ham o‘zgarmasdan saqlanib qoladi. Buning 14 ming so‘mi o‘zgaruvchi xarajatlardir. Bunda muvofiqlik (proporsionallik) koeffitsienti 0,7 (14 : 20)ga teng bo‘ladi.
Endi «Turon» korxonasining zararsiz ishlashi uchun hisobot davrida qancha sandiq ishlab chiqarib sotishi lozimligini aniqlash mumkin. Korxonaning doimiy xarajatlari 450,0 ming so‘mni tashkil qilganda ushbu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
ming so‘m
«Turon» korxonasi barcha xarajatlarini qoplashi va soliqlarni to‘la to‘lashi uchun 1500,0 ming so‘mlik sandiq ishlab chiqib sotishi lozim ekan. Bu uchun 75 ta (1500,0 : 20,0) sandiqni ishlab chiqib sotishni taqazo qiladi. Bu holda, har bir sandiqni ishlab chiqarish va sotishga ketgan umumiy xarajat 14+(450:75)=20 ming so‘mni tashkil qiladi.
«Turon» korxonasi bir yilda sandiqni 75 tadan kam ishlab chiqarib sotsa u zarar bilan ishlaydi, foyda ololmaydi. Nihoyat sinishi mumkin.
Agarda 75 tadan ko‘p ishlab chiqarib sotadigan bo‘lsa korxona foyda olishi muqarrar. Shu tufayli yil boshida korxonaning «tenglik nuqtasini» aniqlab olishi lozim.
Agarda korxona xizmat qiladigan xududda shuncha sandiqning sotilish imkoni bo‘lmasa unda «Turon» korxonasi boshqa bozorni ham topishi, agar uning ham iloji bo‘lmasa boshqa mahsulotni ishlab chiqarib sotishga ixtisoslashishi lozim.


  1. Download 1.39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling