Annuitetning kelgusi qiymati
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash tamoyillarini yaxshiroq tushunib olish uchun moliyaviy operatsiyalarning yana bir, kelajakda ma’lum summani to‘plash uchun har yili pul mablag‘lari to‘lab borilishini ko‘zda tutuvchi turini tahlil qilib ko‘rishimiz zarur. Annuitet (ingl. Annuite – yillik to‘lov) deb nomlanadigan bu turdagi operatsiyalarga amortizatsiya fondini jamg‘arish, ya’ni asta-sekin eskirgan asosiy fondlar o‘rniga yangisini sotib olishga yetarli bo‘lgan pul summasini jamg‘arish misol bo‘la oladi. Asosiy vositalarning qiymati juda yuqori bo‘lganligi sababli to‘liq eskirib bo‘lganida ularni faqat joriy yilda olingan foyda hisobigagina yangilab bo‘lmaydi. Bunday holatdan qutulishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li amortizatsiya fondlarini shakllantirib borishdir. Bu mexanizm shunchalik muhimki, butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinadi va amortizatsiya summasi soliqqa tortilmaydi.
Misol uchun asosiy kapitalning qiymati 10000 so‘m. Amortizatsiya koeffitsietni yiliga 5 % ga teng. Bu holda amortizatsiya ajratmasi 500 so‘m.
A/a=10 000so‘m*0,05= 500 so‘m
Misol. Aytaylik, siz har yilning oxirida 1 mln. so‘mdan 3 yil davomida 10 foiz stavka bilan bankdagi maxsus hisob-varaqqa mablag‘ o‘tkazib bordingiz. 3 yildan so‘ng siz qanday summaga ega bo‘lasiz? Birinchi yil o‘tkazilgan million so‘m bankda 2 yil turadi, ikkinchi million so‘m esa 1 yil turadi, uchinchi million esa uchinchi yil oxirida o‘tkazilgani uchun ham foiz ishlashi nuqtai nazaridan bankda hech qancha muddat turmaydi. Kelgusi qiymatni hisoblash formulasi yordamida har bir o‘tkazma uchinchi yil oxiriga qadar qanday miqdorgacha o‘sib borishini va ularni qo‘shib, shu muddatda qancha miqdordagi mablaqqa ega bo‘lishimizni topamiz.
Shunday qilib, annuitetning yakuniy summasi quyidagicha topildi:
Bu hisoblash sxemasini universal formula ko‘rinishida tasvirlaymiz va quyidagi formula kelib chiqadi. (3-formula):
(3)
Bunda, FVAn– annuitetning kelgusi qiymati (ingl.future value of annuite);
Do'stlaringiz bilan baham: |