Investitsion loyihalar tahlili


Foydalilik nuqtasini aniqlashning bevosita usuli


Download 1.39 Mb.
bet5/23
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1598440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩

Foydalilik nuqtasini aniqlashning bevosita usuli

Ushbu ko‘rsatkichlarni boshqacharoq yo‘l bilan ham yechish mumkin. Eng avvalo, xarajatlarning ikkiga bo‘linishini inobatga olish lozim.
1. Doimiy (o‘zgarmas) xarajatlar - 100,0 ming so‘m
2. O‘zgaruvchi xarajatlar - 140,0 ming so‘m
Ikkinchidan, marjinal foyda (Mf) aniqlanadi. Bu uchun mahsulotning sotilish qiymatidan (Q) uning o‘zgaruvchi xarajatlar bo‘yicha tannarxi (Tn) ayriladi:
Mf = Q - Tn (5)
Mahsulotning (ish, xizmatning) sotilish qiymati 3,0 ming so‘m uning o‘zgaruvchi xarajatlar bo‘yicha 2,0 ming so‘m. U holda har bir mahsulot (ish, xizmat)dan olinadigan marjinal foydaning miqdori 1,0 ming so‘mni (3,0-2,0) tashkil qiladi.
Uchinchidan, barcha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat) hajmi (Q) aniqlanadi.
Bu uchun doimiy (o‘zgarmas) xarajatlar so‘mmasini (Dx) marjinal foyda so‘mmasiga (Mf) bo‘linadi:
(6.)
Bizning misolimizda barcha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat) hajmi 100 donani (birlikni) tashkil qiladi.
dona (birlikda)
Demak, mazkur tadbirkor bir oy muddatda barcha xarajatlarni qoplash uchun 100 dona mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarib sotishi lozim ekan.
Ammo tadbirkorning maqsadi o‘z faoliyati natijasidan foyda olishdan iboratdir. Foyda so‘mmasi ham biznes rejada oldindan aniqlanadi va ko‘zda tutiladi. U xolda mazkur tadbirkor barcha xarajatlarini qoplab ko‘zda tutilgan foydaga erishish lozim bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)hajmini (Qkt) aniqlash uchun o‘zgarmas xarajatlarga (Dx) biznes rejada ko‘zda tutilgan foyda so‘mmasini (Fbr) qo‘shib marjinal foyda so‘mmasiga (Mf) bo‘linadi:
; (7)
Faraz qilamiz mazkur tadbirkorning bir oyda oladigan foydasi 25,0 ming so‘mni tashkil qiladi. U holda ushbu ko‘zlangan foydaga erishishi uchun u shu oyda 125 dona mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarib sotishi lozim ekan.

Ushbu hisob-kitoblarning chizmasi quyidagicha bo‘ladi:

Shuni e’tirof etish kerakki, foyda so‘mmasini ish hajmini oshirmasdan ham ko‘paytirish mumkin. Bu uchun 10 formaladagi Mf o‘rniga 8 formuladagi miqdori qo‘yilsa quyidagi formula hosil bo‘ladi:
; (8)
Ushbu formuladan biznes-rejada ko‘zda tutilgan foyda (Fkt) miqdorini aniqlash mumkin:
; (9)
Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki biznes rejada ko‘zda tutilgan foydani ko‘paytirish uchun ish hajmini (Q) oshirish, doimiy o‘zgarmas xarajatlarni (Dx) kamaytirish, bitta mahsulotni (ish, xizmatni) ishlab chiqarib sotish qiymatini (Q) orzonlashtirish va unga nisbatan shu mahsulot (ish, xizmat) tannarxini (Tn) kamaytirish orqali erishish mumkin.
Ushbu omillar ta’sirini aniqlash uchun quyidagi jadval tuzish tavsiya qilinadi (1-jadval).

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sishga erishilgan. Ammo biznes rejada ko‘zda tutilgan foyda miqdori 14,4 % yoki 3,6 ming so‘mga kamaygan. Bu o‘zgarishga bir qancha omillar ta’sir qilgan. Tahlilning eng muhim vazifalaridan biri shu ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini aniqlashdan iboratdir.
Biznes rejada ko‘zda tutilgan foydaga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat.
1. Ko‘zda tutilgan foydaga erishish lozim bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat) qiymati hajmining 5,0 ming so‘mga ko‘payganligi biznes rejada ko‘zda tutilgan foyda o‘zgarishiga ijobiy ta’sir qilib, uni 5,0 ming so‘mga ko‘paytirgan.
ming so‘m
2. Doimiy o‘zgarmas xarajatlar biznes reja xajmida qolgan. Bu esa biznes rejada ko‘zda tutilgan foydaga ta’sir qilmagan.

3. Bitta mahsulotning sotish qiymati 0,5 ming so‘mga oshgan. Ushbu omil natijasida biznes rejada ko‘zda tutilgan foyda miqdori 10,0 ming so‘mga kamaygan.
ming so‘m
4. Bitta mahsulot tannarxi 0,1 ming so‘mga oshgan. Ushbu omil natijasida biznes rejada ko‘zda tutilgan foydaning miqdori 3,1 ming so‘mga ko‘paygan.
ming so‘m
Barcha omillar ta’siri natijaning umumiy farqiga teng:
5,0 - 10,0 + 3,1 = -1,9 ming so‘m



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling