Investitsion loyihalar tahlili
Download 1.39 Mb.
|
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩
Bu yerda: RV- bankka qo‘yilgan muddatsiz depozitning asosiy summasi; k- bu turdagi depozitlar uchun bank tomonidan to‘lanadigan daromadning foiz stavkasi; RMT- depozit bo‘yicha yillik daromad. Agar formulani boshqa ko‘rinishda yozsak, unda xuddi shu miqdordagi pul tushumini vujudgaa keltirayotgan investitsiyalarning qiymatini anglab yetamiz (11-formula). RV RMT k Bu formulani qo‘llash bizni investitsiya tahlilining juda oddiy mantig‘ini anglab yetishga olib keladi. Uning mohiyatini quyidagi misol yordamida ko‘rib chiqamiz: Aytaylik, bank depozitida bizning 1 mln. so‘m omonatimiz bor va bank bu depozit uchun yillik 60 foiz daromad to‘laydi. Demak, har yili yanvar oyining boshlarida o‘tgan yil uchun hisoblangan 600 ming so‘m daromadni bankdan olishimiz mumkin. 11-formuladan foydalanib, daromad stavkasi yiliga 60 foiz bo‘lganda 600 ming so‘m daromad olish uchun qancha miqdorda investitsiya qilishimiz zarurligini topamiz: RV 600000 0,60 1 000 000 so‘m. Ko‘rilgan misol asosida quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: agar bank depozitiga qo‘yilgan 1 million so‘m yiliga 600 ming so‘m daromad keltirsa, keyingi yilning boshida 600 ming so‘mga teng (yoki undan kam) daromad keltiradigan investitsiya loyihasiga 1 million so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratish maqsadga muvofiq emas. Perpetuitetning yana bir ko‘rinishi investitsiya davrining cheklanmaganligi va doimo o‘sib boruvchi yillik daromad bilan xarakterlanadi. Agar bu o‘sish q ga teng suratda ro‘y bersa va RMT1 birinchi yilning oxirida kutilayotgan pul tushumlari summasini aks ettirsa, davri cheklanmagan investitsiyalarning joriy qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi (12-formula).
Mustaqil ishlash uchun masalalar: 1.Depozitga 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 21 foiz ni tashkil etsa, 4 yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? 2. Depozitga 1 500 000 so‘m mablag‘ingizni 3 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 20 foiz ni tashkil etsa, 3 yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? 3. Depozitga 2 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 23 foizni tashkil etsa, 4 yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? 4. 5 550 000 so‘m mablag‘ingiz 2025 yildagi kutilayotgan mablag‘ingiz bo‘lsin. Uni 2019 yilgi joriy qiymati qancha so‘mga teng, agar k=20 foiz teng bo‘lsa? 5. 2025 yildagi kutilayotgan mablag‘ingiz 2 550 000 so‘mga teng bo‘lsin. Uni 2019 yilgi joriy qiymati qancha so‘mga teng, agar k=20 foiz teng bo‘lsa? Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling