Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida (investitsiya, reinvestitsiya, investitsiya resurslari)


Download 79.03 Kb.
bet9/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida (investitsiya, reinvestitsiya, investitsiya resurslari) Boshlang‘ich investitsiyalar korxonani tashkil etish yoki uni sotib olishdagi moliyaviy qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi. Adabiyotlarda ular sof investitsiyalar deb ham nomlanadi.
Yalpi investitsiyalar – sof investitsiyalar va reinvestitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Reinvestitsiya – bo‘sh pul mablag‘lardan (foyda, aylanma aktivlarning eskirishi va boshqalar) yangi ishlab chiqarish jihozlarini sotib olish yoki o‘rnatishda foydalaniladi. O‘z iqtisodiy xarakteriga ko‘ra, ular faol-passiv investitsiyalarga xos, chunki ular yangi asbob- uskunalar, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni sotib olish, yangi asosiy vositalar (fondlar)ni mustaqil ravishda yaratish, eskirgan asbob- uskunalarni almashtirish, modernizatsiya qilish va kapitalni diversifi- katsiyalashga yo‘naltirilgan.
O‘z navbatida, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi bozorlarni egallash, ishlab chiqarilayotgan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning yakuniy sotilishini ko‘paytirish, boshqa firmalarga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan investitsiyalar ekstensiv investitsiyalar deb ataladi.
Ekstensiv investitsiyalar – ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishga yo‘naltirilgan investitsiyalardir.
Intensiv investitsiyalar – xomashyoga xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish obyektlari va quvvat- larga ehtiyojni kamaytirish, energiya iste’molini qisqartirish, kapital xarajatlar, ya’ni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kamaytirishga yo‘naltiriladi.


Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati. (Texnik tahlil, ijtimoiy tahlil, ekologik tahlil, marketing tahlili, moliyaviy iqtisodiy tahlil) Investitsiyalar va investitsiya faoliyati bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi. Investitsiyalarga berilgan ta’rifga muvofiq, investitsiya faoliyati asosan ikki bosqichdan tashkil topadi. Investit- siyalar harakatining birinchi bosqichida investitsiya resurslari investitsiyalash obyektlariga qo‘yiladi, ya’ni investitsiya faoliyati yuz beradi. Ikkinchi bosqichda esa investitsiya obyektlariga qo‘yilgan qo‘yilmalardan olinadigan daromad, samara aks etadi.
Investitsiya faoliyatiga tor va keng ma’noda ta’rif berish mumkin. Tor ma’noda investitsion faoliyat yoki investitsiyalash resurslarni qo‘yilma sifatida qayta yo‘naltirish, ya’ni qayta tiklash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, kapitalning hozirgi qiymatini saqlagan holda, jamg‘armalarni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi. Keng ma’noda esa investitsion faoliyat – bu daromad (samara) olish maqsadida investitsiyalash obyektiga mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq faoliyatdir. Ya’ni qiymatni kapitallashtirish, jamg‘armalarni ko‘paytirish maqsadlarida resurslarni u yoki bu investitsion obyektga yo‘naltirishdan iborat. Mana shu jarayonni investitsion sikl yoki investitsiyalarning doiraviy aylanishi deyish mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, investitsiyalarning o‘zlari ham investitsion faoliyatning obyekti sifatida ishtirok etadi. Investitsiyalar o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra mavhum tushuncha hisoblansa, investitsion faoliyat ko‘zda tutilgan aniq iqtisodiy, ijtimoiy natijaga erishish uchun obyektlarning muayyan xatti-harakatlari, faoliyatlari majmuidir.
Investitsion faoliyat korxonalarda pul oqimining mustaqil turini shakllantiradi, bu investitsiya oqimi deb ataladi. Har qanday oqim singari, investitsiya oqimi ham kirim va chiqim bilan tavsiflanadi Investitsion faoliyat – bu foyda olish va boshqa foydali samaraga erishish uchun investitsiyani jalb qilish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir30. Investitsion faoliyat jarayonida obyektlar zarur investit- siya manbalarini topadilar, samarali investitsiyalash vositalarini tanlaydilar, muvozanatli investitsiya dasturi va investitsiya portfellarini shakllantiradilar hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
Investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo'lib, belgilangan maqsadlarga erishish hamda iqtisodiy siyosatning qisqa muddatli va uzoq istiqbol uchun belgilangan vazifalarini
bajarishga xizmat qiladi. Investitsiya jarayonlarini faollashtirish va iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida iqtisodiy subycktlar uchun qulay xo'jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuyi invcstitsiya siyosatini anglatadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling