Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Download 79.03 Kb.
bet7/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
javoblar

Erkin iqtisodiy zona – yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hududdir.
Erkin iqtisodiy hududlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi:

  • ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).

Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.

  • import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.

  • savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:

  1. ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;

  2. mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi;

  3. tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.

  • eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.

Ofshor (inglizcha: offshore — „qirgʻoq narisidagi“) „soliq jannati“ boʻlgan hudud(mamlakat)lardir. Bunday joyda mablagʻ egalari anonimligi va maxfiyligi kafolatlanadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling