Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Pudratchining majburiyatlari


Download 79.03 Kb.
bet4/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
javoblar

Pudratchining majburiyatlari. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi:
-ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang'ich ma'lumotlarga muvofiq bajarishi;
- tayyor bo'lgan loyiha-smeta huiiatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi;
- tayyor bo'lgan loyiha-smeta huiiatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi;
-buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
Kapital qurilishda buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta'minlanadi: yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi huiiatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyiha oldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan o'tkazish va tasdiqlash;
Loyihalovchi va pudratchini tanlov savdolari orqali tanlash;
Ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish;
Qurilish obyektini Daviat arxitektura qurilish nazorati organlarida ro'yxatdan o'tkazish;
Pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi huiiatlami berish;
Buziladigan, ko’chiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxsiarni ko’chirish;
Moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
Texnik kuzatish va obyekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish;
Qurilishi tugallangan obyektlli belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
Kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yo‘llari.(Davlat byudjeti mablag‘lari, kredit, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, xususiy investitsiyalar, tenderlar) Investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo'lib, belgilangan maqsadlarga erishish hamda iqtisodiy siyosatning qisqa muddatli va uzoq istiqbol uchun belgilangan vazifalarini
bajarishga xizmat qiladi. Investitsiya jarayonlarini faollashtirish va iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida iqtisodiy subycktlar uchun qulay xo'jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuyi invcstitsiya siyosatini anglatadi.
davlat tomonidan huquqiy nuqtayi nazaridan, mulkdorlar o'rtasida moddiy nomoddiy aktivlarni ishlab chiqari'lh xususidagi xos, murakkab, ijtimoiy iqtisodiy rnunosabal1arni shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadian investitsiya dasturini ishlab chiqadi.. davlat investitsiya siyosatining muhim yo'nalishla- ridan biri har yili qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan Davlat investitsiya dasturi hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo'li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o'zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-biri bilan o'zaro bog'langan chora-tadbirlar majmuyidir. Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi boʻyi- cha barcha ishlarni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi. Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro'yxatlari Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar (buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro'yxatlari investorlar (buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.

Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq ro'yxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo'lganda tasdiqlanadi.



Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling