Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bozor holati o‘zgarishlariga moslashuvchanlikni oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish. - Demak, sizning korxonani ochish, uni ishga tushirish, faoliyatini kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadlarida mablag‘larni sarflashingiz investitsiyalash hisoblanadi.
- INVESTITSIYALARNING TURKUMLANISHI
- Siz investitsiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishingiz uchun investitsiyalarning turlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim. Investitsiya (ingl. investments) – ishlab chiqarishni tashkil etish yoki uni kengaytirish maqsadida turli ko‘rinishda kiritilgan mablag‘. Investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lar, odatda, kapital qo‘yilmalar deb ham ataladi. Asosan real va moliyaviy (portfel) investitsiyalar farqlanadi.
- Real investitsiyalar – korxonalarning jismoniy kapitaliga mablag‘ kiritish. Masalan, asbob-uskunalari, jihozlarini sotib olish yoki bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish. Real investitsiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
- Moliyaviy investitsiyalar – korxona qimmatli qog‘ozlari (aksiya, obligatsiya va boshqalar)ni sotib olish. Bunda korxona qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari keyinchalik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish maqsadlariga sarflanishi mumkin.
- Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun, avvalo, uning manbalarini aniqlab olish zarur. Bu o‘rinda ichki va tashqi manbalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
- Investitsiyaning ichki manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- Investitsiyaning tashqi manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- Amalga oshirilgan investitsiyalar har doim ham biz o‘ylagan natijaga olib kelmasligi mumkin.
- Ayrim holatlarda ular juda past samara keltirishi, ba’zida esa umuman o‘zini oqlamasligi mumkin. Bunday holatlar investitsiya riski deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |