ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarga yer, capital, mehnat va tadbirkorlik kiradi. Bu resurslar ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi unda qo’llaniladigan omillarning soni va sifatiga bog’liq. Bu omillarga quyidagilar kiradi; - Inson omili – bunga moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlar kiradi. Moddiy omil – Tabiiy ( yer ) va inson tomonidan yaratilgan ( mashinalar , texnika, inshoatlar) mehnat vositalaridan iborat. Mehnat qurollari – Mazkur omilga qayta ishlanmaydigan , ishlab chiqarishda bevosita foydaniladigan tabiiy moddalar kiradi ( masalan, shaxtadagi ko’mir, ruda, va h, k.)
- Yer omili – bu tabiiy omil bo’lib , bunga tabiiy boyliklar , foydali qazilmalar , haydaladigan yerlar , bog’lar, o’rmonlar va h. k.) kiradi.
- Kapital omili - bu tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan ne’matlar majmuasidan iborat. Capital juda ko’p qirralarga ega. U ma’lum miqdordagi pul, inson qobilyati, malaka va ma’lumot bo;lishi mumkin.
- Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Shu sababli , bu borada faqat loyihaning xususiyati va tabiatga bo’ladigan funksional ta’sirini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim bo’ladi.
- Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar
- Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi. Sug’orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur o’rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday qanday landshaftlarini egallaganligini aniqlanadi. Chunonchi, daryosi , soyning konus yoyilmasi , prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan so’ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususyatlari, sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanishi yoki tabiiy yaylov ( lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlandi. Tog’ yonbag’ridda joy;lashgan bolsa, sel, surilma, jar eroziyasi kabi halokatli hodisalar ta’sir iga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek , yangi yerlar o’zlashtirilshi tufayli quyida joylashgan, ilgaridan foydalanib kelinayotgan yerlarga yetkazilgan zarar tahlil qiulinadi.
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
- Investitsiya faoliyati nimani anglatadi?
- Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash nimani anglatadi?
- Investitsiyalarning qanday asosiy turlari mavjud?
- Real va moliyaviy (portfel) investitsiyalarning farqi nimada?
- Investitsiya faoliyatini amalga oshirishning qanday manbalari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |