Investitsiya riski – ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra investitsiya mablag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy yo‘qotish ehtimoli. - Investitsiya riskini pasaytirish maqsadida investitsiya mablag‘ini sarflash oldindan puxta hisob-kitob qilinishi lozim.
- Bu investitsiya loyihasini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
- Investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘sindagi foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmuyidir.
- O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380- sonli yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
- Investitsiya loyihasining to‘g‘ri ishlab chiqilganligi, unda belgilangan chora-tadbirlarning asosli ekanini baholash uchun uni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
- Investitsiya loyihasi tahlili – investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beruvchi muayyan usul va harakatlar majmuyi.
- Har qanday investitsiya loyihasi tahlili quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
- zarur ma’lumotni tanlash va tayyorlash;
- dastlabki ma’lumotni qayta ishlash va tahliliy ma’lumotni shakllantirish;
- tahliliy ma’lumotni talqin etish;
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
- Inson ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etar ekan doimo mehnat qurollarini texnik vositalarni takomillashtirilga, sarf – xarajatlarni esa qisqartirishga intilib kelgan . XIX – asrdagi sanoat inqilobi texnika – texnologiya bilan ishlab chiqarish o’rasidagi aloqalarning yanada samarali bo’lishiga xizmat qilmoqda.
- Jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratish va xizmatlar ko’rsatish
Do'stlaringiz bilan baham: |