02.05.2012 y
International Business Travel kompaniyasi Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun taqdimot o‘tkazdi
18.03.2014/ Mahalliy
Shu yilning 13—14-mart kunlari International Business Travel (IBT) kompaniyasi Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda kompaniyaning Xorazm viloyatidagi faoliyati haqida ko‘chma taqdimot o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Foto: trekearth.com
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Xorazm viloyati hokimiyati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Unda O‘zbekiston—Xitoy Savdo Uyining Techno Plaza Leasing, China Leasing Group kompaniyalari ham qatnashdi.
Urganch shahrida turli sohalardagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, kompaniya faoliyati va xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Taqdimotga kelgan tashkilot va tadbirkorlar kompaniyaning yirik xalqaro ko‘rgazmalarga tashriflarni tashkillashtirish, texnologik asbob-uskunalar, og‘ir qurilish texnikasi sotib olish hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasiga a’zolik imkoniyatlaridan foydalanish xizmatlariga katta qiziqish bildirdi.
Bundan tashqari, kompaniya vakillari Xorazm viloyatidagi yetakchi korxonalarga tashrif buyurib, ularning ish salohiyati bilan tanishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |