Sanoat majmuasi faoliyatining tahlili
2012 yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari (ish-xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi harakatdagi narxlarda 204,8 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 foizga teng bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda nodavlat sektorda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 97 foizni tashkil qildi.
2012 yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning shu davriga nisbatan elektroenergetika sanoatida 37,5 foizga, yoqilg‘i sanoatida 79,4 foizga, metallurgiya sanoati 97,3 foizga, qurilish materiallari sanoati 21,3 foizga, engil sanoat 6,4 foizga, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoatida 9,7 foizga o‘sdi.
Umumiy sanoat mahsulotlari hajmida engil sanoat ulushi 47,6 foizni, oziq-ovqat sanoati, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoati 40,4 foizni, elektroenergetika 3,3 foizni, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati 3,4 foizni, qurilish materiallari sanoati 3,0 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |