Respublika mahalliylashtirish dasturi (2011 yil 27 iyuldagi PQ-1590 sonli qarori)ga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 iyuldagi «2011-2013 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1590-sonli qaroriga asosan mahalliylashtirish dasturiga yangidan yana 3 ta loyiha kiritildi.
Hozirgi vaqtda Respublika mahalliylashtirish dasturiga avval kiritilgan jami 8 ta loyihadan 7 tasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 1779,9 mln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu tadbir natijasida iqtisod qilingan valyuta miqdori 963,9 ming AQSh dollarni tashkil qildi. Maxalliylashtirish dasturi bo‘yicha viloyatimiz korxonalari tomonidan ichki bozorga 280,5 mln.so‘mlik mahsulot etkazib berilgan.
2012 yilda Mahalliylashtirish dasturini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini ko‘paytirish va viloyatning belgilangan reja ko‘rsatkichini bajarilishini ta’minlash maqsadida dasturga yangidan “Urganch Baxmal” MChJda bumazin (flanel) ishlab chiqarish loyihasining Pasport hujjatlari 2012 yil 5 aprel kuni Respublika maxsus idoralararo komissiyasi kotibiyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |