Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi


yilning 28-29 mart kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to‘g‘risida ma’lumot


Download 276.61 Kb.
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi276.61 Kb.
#236927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi

2012 yilning 28-29 mart kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 fevraldagi “2012 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-sonli hamda viloyat hokimining 2012 yil 5 martdagi 67-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda joriy yilning 28-29 mart kunlari hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Hududiy sanoat yarmarkasida viloyatdagi 162 ta korxona 350 dan ortiq turdagi o‘z mahsulotlari bilan qatnashib, 5,2 milliard so‘mlik 131 ta shartnoma imzolandi. Ko‘rgazmada 26 turdagi yangi mahsulotlar shu jumladan to‘rt turdagi mahalliylashtirish dasturi talablariga javob beradigan, 4 turdagi yangidan o‘zlashtirishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan namoyish etildi. 

Shuningdek, yarmarkada Toshkent shahridagi “Uzelektroapparat-Elektroщit” qo‘shma korxonasi vakillari ishtirok etishdi va viloyatimiz korxonalari bilan 1,6 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Ko‘rgazmada 8 ta xorijiy korxonalar vakillari qatnashib, 1 million AQSh dollarlik  6 ta eksport shartnomasi ham imzolandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli qarorining hududlardagi bajarilishi

Qaror doirasida 2012 yilning 1-choragida 26,7 mlrd.so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 105,7 foizni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 1442-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatida hududiy Dasturning bajarilishi to‘g‘risida.

Dasturga asosan jami 118 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi loyihalar amalga oshirilib, 114,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu davstur doirasida joriy yilning 1-choragida 9 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 1,2 million AQSh dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 43 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha joriy yilning 1-chorakida  4 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 288,1 ming AQSh dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 18 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan. 

Xorazm viloyatida 2011-2012 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish, xizmat va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi bo‘yicha 2012 yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Dasturga asosan 2012 yil 1-chorak yakuni bilan dastur doirasida 13 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 1,5 milliprd so‘m va 1226,3 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 111 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 7 ta loyiha amalga oshirilib, 838,4 million so‘m va 805 ming AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 64 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan. 




Download 276.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling