Investitsiyalar va moliya bozori
-rasm. Sohalar bo‘yicha 2022 yilda tuzilganbitimlar soni va ulushi
Download 0.54 Mb.
|
Toshkent fond birjasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.7-jadval Iqtisodiy sohalar bo‘yicha tahlil Manba
4.5-rasm. Sohalar bo‘yicha 2022 yilda tuzilganbitimlar soni va ulushi
Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil Sanoat tarmog‘idagi 9 ta emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan 21 247 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 26,32 foizi). 4.7-jadval Iqtisodiy sohalar bo‘yicha tahlil Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil Birja operatsiyalari umumiy hajmining 47,94 foizi bank sektori qimmatli qog‘ozlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu soha emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2,31 trillion so‘mni tashkil etgan. Qurilish sektori emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,92 trillion so‘mni tashkil etgan va bu umumiy birja hajmining 39,96 foizini tashkil etgan. Aksiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd so‘m va 169,31 mlrd so‘mni tashkil etgan. Eng kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan tegishli ravishda 69,29 mln va 18,09 mln so‘mlik bitimlar tuzilgan. Emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan bitimlarning eng katta hajmi va eng ko‘p soni Toshkent shahrida joylashgan emitent qimmatli qog‘ozlari bilan qayd etilgan. Ushbu hududdagi emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan barcha 34 988 ta bitimning umumiy summasi 2,66 trln so‘m bo‘lib, birja savdolari umumiy hajmining 55,19 foizini tashkil etgan. Bitimlar hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinni Toshkent viloyati emitentlarining qimmatli qog‘ozlari egalladi. Mazkur viloyat aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari savdosi hajmi 1,97 trln so‘mni tashkil etgan. 2022 yil yakuni boʻyicha “Toshkent” RFB birja kotirovkalari varag‘ida 111 ta emitentning qimmatli qogʻozlari mavjud boʻlib, ulardan 107 tasi aksiyalar emitentlari, ulardan 3 tasi aksiya va obligatsiyalar emitentlari va 4 tasi faqat obligatsiyalar emitentlaridir. Listing toifalari boʻyicha eng koʻp bitimlar soni va savdolar hajmi «Standart» toifasidagi emitentlarning aksiyalari bilan – 3 597,22 mlrd soʻmlik 55 598 ta bitim qayd etilgan. «Premium» listing toifasidagi emitent qimmatli qog‘ozlari ushbu ko‘rsatkichlarning eng past qiymatini qayd etdi: bitimlar soni – 7 535 dona; bitimlar hajmi – 14,05 mlrd so‘m. 2022 yil 5 yanvar holatiga ko‘ra, birja kotirovkalari varag‘ida 139 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari mavjud edi. Hisobot davrida 23 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalari varag‘iga kiritilgan bo‘lib, ulardan 20 tasi aksiyalar va 3 tasi obligatsiyalar emitentlari hisoblanadi, shuningdek, 51 ta emitent qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalari varaqasi talablariga mos kelmasligiga; emitentning bankrotligi belgilari mavjudligiga; obligatsiyalar so‘ndirilganligiga yoki emitentlarning talabiga binoan delisting qilindi, buning natijasida 2022 yil 30-dekabr holatiga ko‘ra, 111 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalari varag‘ida mavjud. 2022 yil davomida 21 ta aksiyadorlik jamiyati (AJ) va 2 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatning (MCHJ) qimmatli qogʻozlari birja kotirovkalari varag‘iga kiritildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling