Birja kotirovkalari varag‘iga kiritilgan aksiya emitentlarining bozor kapitallashuvi.
2022 yil davomida birja kotirovkalari varag‘iga kiritilgan emitentlarning umumiy bozor kapitallashuvi sezilarli darajada oʻzgardi, davr oxiriga kelib kapitallashuvning pasayishi va oʻsishi kuzatildi. 01.05.2022 yil holatiga ko‘ra bozor kapitallashuvi 55,72 trln so‘mni tashkil etdi va 30.12.2022 yilgacha 55,72 dan 152,10 trln so‘m oralig‘ida o‘zgarib turdi. 14.04.2022 yildan bozor kapitallashuvining jadal ravishda o‘sishi kuzatildi, bu tednesiya 2022 yil 20 aprelgacha davom etdi va 152,10 trln so‘mga yetdi.
4.6-rasm. 2022 yil uchun birja kotirovkalari varag‘iga kiritilgan emitentlarning umumiy bozor kapitallashuvi, trln so‘m
Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil
Bu davrda “O‘zmetkombinat” AJning oddiy va imtiyozli aksiyalari soni
1 dona aksiyaga nisbatan 10 dona qo‘shimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ko‘paytirildi va o‘z navbatida, bu vaqtda aksiyalar eski narxda (o‘rtacha
140 000,00 so‘mda) sotildi va emitentning 5,99 trln so‘mlik bozor kapitallashuvi 68,19 trln so‘mni aks etdi. Shundan so‘ng, “O‘zmetkombinat” AJ aksiyalari narxi 1/11 nisbatda tuzatildi va kapitallashuv hajmi 105,17 trln so‘m holatiga keldi.
Avgust oyining 23 va 30 sanalari oralig‘ida bozor kapitallashuv darajasi keskin oshdi. Bunday o‘sishga «O‘zbekko‘mir» AK /UZIR/ va «Ipak yo‘li» AITB /IPKY/ oddiy aksiyalari narxining mos ravishda 27 va 11 baravarga oshishi sabab bo‘ldi. Bu tranzaksiya emitent qimmatli qog‘ozlarining likvidlik darajasi bo‘yicha kotirovkalarni aniqlash mexanizmiga ko‘ra ushbu qimmatli qog‘ozlarning kotirovkasi aniqlanmaganligi va o‘z navbatida spredning yo‘qligi sababli bitimni amalga oshirilish holati kuzatilgan.
2022 yil 30 dekabr holatida birja kotirovkalari varag‘iga kiritilgan emitentlarning umumiy bozor kapitallashuvi 94,38 trln so‘m qiymatni tashkil etdi.
2022 yilda «Stock Market» aksiyalar bozorida 110 ta emitentning 36,15 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan 80 652 ta bitim qayd etildi. Tuzilgan bitimlar hajmi 4 705,79 mlrd so‘mdan oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |