Investitsiyalar va moliya bozori
-jadval Savdo maydonlar bo‘yicha tahlil
Download 0.54 Mb.
|
Toshkent fond birjasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investor turlari bo‘yicha tahlil
4.8-jadval
Savdo maydonlar bo‘yicha tahlil Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil 2022 yilda aksiyalar bilan tuzilgan umumiy bitimlarning 99,90 foizi «Main Board» platformasida amalga oshirilganiga qaramay, bitimlarning eng katta hajmi «Nego Board» platformasida (aksiyalar bilan tuzilgan umumiy bitimlar hajmining 75,09 foiz) amalga oshirilgan. Investor turlari bo‘yicha tahlil 2022 yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha amalga oshirilgan bitimlar soni yuridik shaxslar ko‘rsatkichidan yaqqol oshib ketdi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha bitimlar soni ularni sotib olish bo‘yicha bitimlar sonidan ko‘p. Yuridik shaxslarda esa buning aksi, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha bitimlar soni ularni sotish bo‘yicha bitimlar sonidan ko‘p. Joriy yilning o‘tgan davrida birja savdolarida ishtirok etuvchi yuridik shaxslar tomonidan 4 042,69 mlrd so‘mlik aksiyalar sotilgan va 4 365,42 mlrd so‘mlik xaridlar amalga oshirilgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 773,52 mlrd so‘mlik aksiyalar sotilgan va 451,79 mlrd so‘mga sotib olingan. Ko‘rsatkichlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan sotish bo‘yicha operatsiyalar hajmi xarid kursidan oshib ketganini ko‘rish mumkin. Xususan, yuridik shaxslar ixtiyoriga aksiyalarning kirib kelishi kuzatilmoqda. 2022 yil davomida, bitimlar soni boʻyicha Top-10 aksiyalar ichidan faqatgina «Hamkorbank» ATB /HMKB/ oddiy aksiyalarining bahosi yil davomida +107,56% ga o‘sishni qayd etgan bo‘lib, qolgan barcha emitentlarning qimmatli qogʻozlari narxi pasaygan. 2022 yil 18 aprelda «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish natijasida emitentning oddiy va imtiyozli aksiyalarining kotirovka narxi 1/11 nisbatida o‘zgartirildi (UZMK: 149 500,00/11=13 590,90 so‘m; UZM1: 45 059,06/11=4 096,28 so‘m). 2022 yil 18 aprel holatiga ko‘ra tuzatilgan kotirovka narxini yil yakunidagi savdo narxlari bilan solishtirganda, emitentning oddiy /UZMK/ va imtiyozli /UZM1/ aksiyalarining savdo bahosi mos ravishda -31,20% va -43,85%ga pasaygan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling