O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari:
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.01.1994 y. PF-745-son Farmon
“Davlat mulki bo‘lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 12.06.1995y. PF-1164-son Farmon
|
|
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan.
1-bosqichga kiruvchi davrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-745-conli Farmoniga muvofiq, uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori institutsional tuzilmasidagi muhim muassasa – “Toshkent” Respublika fond birjasi tashkil etildi. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi ““Toshkent” Respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 285-son qarori bilan “Vaqt” “O‘zbekiston axborot kompaniyasi” AJ negizida “Milliy depozitariy” OAJ ta’sis etilgan, “Toshkent” Respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish ham alohida belgilab o‘tilgan . Shuningdek, ushbu huquqiy hujjat orqali “O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” va “Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risida Nizom”lar ham tasdiqlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |