Investitsiyalar va moliya bozori


-Jadval O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari


Download 0.54 Mb.
bet26/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

4.13-Jadval
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari

Bosqich

Davr

Qabul qilingan huquqiy hujjatlar

3-bosqich

2001-2005 yy.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari:

  • “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 30.08.2001 y.

  • Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” 11.12.2003 y.

  • Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida” 29.08.2001 y (Mazkur Qonun 12.09.2014 yildagi O‘RQ-375-son Qonun bilan yangi tahriri qabul qilingan).

  • “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida19.12.2005 y.

  • “Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 22.09.2005 y.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari:

  • “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida14.06.2005 y. PF-3618-son Farmon

  • “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  14.06.2005 y. PF-3619-son Farmon

  • “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 22.12.2003 y. PF-3366-son Farmon

  • “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida24.01.2003 y. PF-3202-son Farmon

  • “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida 21.09.2005 y. PQ-186-son Qaror

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan
2001-2005 yillar (3-bosqich)da uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlardan, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari qabul qilinib, amaliyotga tadbiq qilindi. Albatta, ushbu davrda soha rivojiga hissa qo‘shgan “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3618-son, “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619-son Farmon, “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3366-son, “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3202-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi PQ-186-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori qabul qilindi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling