Investitsiyalar va moliya bozori
-Jadval O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari
Download 0.54 Mb.
|
Toshkent fond birjasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
- Investitsiya faoliyati to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari
4.12-Jadval
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2-bosqichda, ya’ni 1996-2000 yillarda esa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, qolaversa ushbu davrda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mulki qo‘mitasi huzurida qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1414-son, “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1740-son, “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-2331-son, “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-1939-son, “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1270-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari qabul qilindi. Mazkur bosqichda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat mexanizmlarini belgilovchi qonunlardan biri “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi Qonunda “qimmatli qog‘ozlar bozori” tushunchasi, undagi professional ishtirokichlari va ularning faoliyatini tashkil etish, mas’uliyatini belgilash, mazkur bozordagi savdolarda amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy prinsiplar, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni tuzish va ular bilan savdo qilish qoidalari belgilab berildi. Ushbu qonun zamon talablari asosida takomillashtirilgan holda 2008-yil 22-iyuldagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni orqali yangicha mazmunda qabul qilindi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling