Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tartibi


Download 1.49 Mb.
bet6/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

4-bob. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tartibi
25. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
qo‘shimcha moliyalashtirish (qarzlar/kreditlar) jalb etish zarurati;
loyihaning qiymati, moliyalashtirish manbalari va shartlarida yuz bergan o‘zgarishlar, basharti bu o‘zgarishlar loyihaning moliyaviy samaradorligining yomonlashuviga olib kelsa;
loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi texnik-texnologik yechimlarida o‘zgarishlar yuz bersa (qiymat ko‘rsatkichlarining pasayish holatlari bundan mustasno);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyihaning tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqish ko‘zda tutilgan boshqa o‘zgartirishlar.
Loyihani amalga oshirishni yakunlash natijalari bo‘yicha TIA/TIHK loyihalariga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan loyihaning belgilangan tartibda tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqilgan holda amalga oshiriladi.
Agar loyihaning avval tasdiqlangan TIA/TIHK bo‘yicha Markaz xulosasi berilgan bo‘lsa, loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi, ushbu Nizomning 25-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda ekspertiza uchun to‘lov loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizasi uchun o‘rnatilgan to‘lov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
27. Loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash ushbu Nizomda o‘rnatilgan tartibda bajariladi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyiha qiymati kamaytirilgan taqdirda (loyihaning asosiy texnik-texnologik ko‘rsatkichlari saqlangan holda), loyiha TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish talab etilmaydi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling