Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


Download 1.49 Mb.
bet5/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

3-bob. Ekspertiza o‘tkazish
11. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi)lar Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Markazning elektron axborot platformasida joylashtirgan holda taqdim etadilar:
a) texnik topshiriq bo‘yicha:
kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyihaning nomi ko‘rsatilgan ariza;
texnik topshiriq loyihasi;
texnik topshiriqni kelishish to‘g‘risidagi TITK qarori bayonnomasi;
b) TIA/TIHK bo‘yicha:
kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi, loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari, kompleks ekspertiza o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan ariza;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, loyihaning TIA/TIHK;
Loyihaning TIA/TIHK bo‘yicha TITK xulosasi.
Ekspertiza uchun kiritilayotgan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni mazkur Nizom talablariga mos bo‘lishi lozim.
12. Markaz tomonidan:
a) texnik topshiriq:
mazkur Nizomning 2-ilovasi talablariga muvofiqligi;
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiquvchi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning imkoni boricha aniq-ravshanligi va asoslantirilganligi;
b) loyihaning TIA/TIHK:
mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni va/yoki tasdiqlangan tarmoq rivojlantirish dasturlarini/konsepsiyalarini (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) inobatga olgan holda loyihani amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
loyiha natijasida ko‘zda tutilayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan mavjud va kutilayotgan talab;
texnik-texnologik yechimlar va loyihada nazarda tutilgan uskunalar narxlarining chegaralangan parametrlarini asoslanganligi;
loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va sarflangan mablag‘larni qoplay olishi;
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor konyunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari asosida xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib beruvchilari va/yoki ularning qiymati belgilab qo‘yilganda, hamda shartnomalar va import kontraktlarini ekspertiza qilish bo‘yicha Markazning ijobiy xulosasi olingan loyihalar TIA/TIHKdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini belgilash qismi ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
13. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz va tashabbuskor (buyurtmachi) o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ko‘rsatiladigan xizmat qiymati ushbu qaror bilan tasdiqlangan Loyihalarning TIA va TIHKni, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq belgilanadi.
Kompleks ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi.
14. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
texnik topshiriq — o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
TIA/TIHK — o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda.
15. Kompleks ekspertizadan o‘tkazish muddatini hisoblash:
loyihaning texnik topshirig‘i uchun — arizaning Markazga kelib tushgan kunidan;
loyiha TIA/TIHK uchun — xizmatlar haqi to‘langanligi tasdiqlangan kundan boshlanadi.
16. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmagan, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, Markaz hujjatlar taqdim etilgandan keyin ko‘pi bilan uch ish kuni ichida yozma ravishda nomuvofiqliklar haqida tashabbuskor (buyurtmachi)ga xabar beradi. Ushbu holatda tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlangan va to‘ldirilgan hujjatlarni taqdim etgan kun ekspertizadan o‘tkazish muddatining boshlangan sanasi hisoblanadi.
17. Markaz hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazishda quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda shartnoma asosida davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilm-fan va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish;
ekspertiza ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan vazirliklar va idoralarning faoliyatiga daxldor tegishli ma’lumotlar va materiallarni ulardan so‘rab olish;
loyihaning xususiyati va amalga oshirish sohasidan kelib chiqqan holda, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish davomida ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida loyiha doirasida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda (bajarishda, ko‘rsatishda) qo‘llaniladigan me’yorlar, talablar va standartlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan so‘rab olish.
Markaz texnik topshiriqlar, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartlari asosida boshqa tashkilotlarga berish huquqiga ega emas.
18. Kompleks ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar sifati, ishonchliligi va to‘liqligi uchun javobgarlik tashabbuskor (buyurtmachi), ishlab chiquvchi va TITK zimmasiga yuklanadi.
19. Tashabbuskor(buyurtmachi)ga TIA/TIHK kompleks ekspertizadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa taqdim etiladi.
20. E’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etadi.
Bunda, tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan faqatgina Markazning e’tirozlarini inobatga olgan holda qayta ishlangan hujjatlar kiritiladi.
Ushbu Nizom 24-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
21. E’tirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, hujjatlarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish quyidagi muddatda amalga oshiriladi:
texnik topshiriq — o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
TIA/TIHK — o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda.
22. Qayta ishlangan hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga avval berilgan xulosada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha e’tirozlar bildirishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval berilgan e’tirozlarni bartaraf etish doirasida qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.
23. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazning ijobiy xulosasi asosida:
a) texnik topshiriq bo‘yicha — ushbu texnik topshiriqni tasdiqlaydi;
b) loyihaning TIA/TIHK bo‘yicha — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.
24. Loyihaoldi hujjatlar quyidagi hollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun yangidan kiritilgan hisoblanadi:
Markazning ijobiy xulosasi olinganidan keyin loyihaning TIA/TIHK bir yil (365 kalendar kun) ichida tasdiqlanmasa;
e’tiroz va tavsiyalar ko‘rsatilgan Markazning xulosasi olingandan keyin loyihaning qayta ishlangan TIA/TIHK olti oy (180 kalendar kun) mobaynida Markazga taqdim etilmasa.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling